So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Zoran Mamich: “Bunyodkor”ni hurmat qilamiz” Yangiliklar

Zoran Mamich: “Bunyodkor”ni hurmat qilamiz”

OCHL 2-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Al Ayn” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar qatnashishdi. Zoran Mamichga hujumchi Danilo Asprilya hamrohlik qildi.

“Bunyodkor” juda shakllangan jamoa deb bilaman. Raqib Jidda shahrida 90 daqiqa qiyin o'yin o'tkazishdi. Ertaga juda og'ir o'yin kutayapman. O'tgan o'yindagiga nisbatan yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz. Birinchi turdagidan farqli ravishda Nurmatov, Hamdamov, SHomurodov kabi futbolchilarga qarshi yaxshi o'ynashga urinamiz”, - deydi Zoran Mamich. 

“Biz o'yinga tayyormiz. Ertangi bahs biz uchun juda muhim. Bizda kuchli futbolchilar bor. Sifatli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz”, - deydi Danilo Asprilya. 

-  Ertaga jamoa safarda harakat qiladi. SHundan kelib chiqsak jamoaingiz hujumkor o'ynaydimi yoki himoyadanmi? 

-  “Al Ayn” himoyalanadigan jamoa emas. Bizning falsafamiz hujumkor o'yin ko'rsatish. Biz raqibni hurmat qilamiz. “Bunyodkor” ham o'ziga yarasha hurmatga ega. Biz Toshkentga chiroyli o'yin ko'rsatib ochko olish uchun keldik. 

-  Ertangi bahsda kimni favorit deb hisoblaysiz. O'tgan yilgi OCHL finalchisi “Al Ayn”mi yoki o'z maydonida o'ynaydigan “Bunyodkor”mi?

-  Agar Jiddada “Bunyodkor”ning golini hisoblashganida g'alaba qozonishi mumkin edi. Biz ham “Zob Ahan” bilan bahsda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Ertangi o'yin biz uchun juda qiyin o'tadi. 

-  “Bunyodkor”ning kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandingizmi?

-  Bu haqda o'yindan keyin gaplashamiz. Biz raqibni yaxshi o'rganib chiqdik. 

-  “Al Ayn” so'nggi o'yinlarda ijobiy natija qayd eta olmayapti. Bunga sabab nima? Jamoadagi muhit qanday?

-  OCHL finalidagi mag'lubiyatdan so'ng jamoada charchoq sezilmoqda. Tarkibimizda jarohat olgan futbolchilar juda ko'p. Ichki chempionatda ham, OCHLda ham bir xil o'ynashga urinamiz.

-  Aynan qaysi futbolchilar jarohat olgan?

-  Himoyadagi ikki nafar futbolchimiz jarohat olgan. Bundan tashqari yarim himoyada o'ynadigan terma jamoa azosi ham maydonga tusha olmaydi.

-  Bizda mavsum boshlanmoqda. “Bunyodkor”ning kuchsiz tomonlaridan foydalanib qolishga urinasizmi?

-  Albatta harakat qilamiz.


-  Bundan oldingi murabbiy Zlatko Dalichning ishini davom ettirayapsizmi yoki yangi falsafa kiritayapsizmi? 

-  Dalich bilan juda yaxshi munosabatdaman. Lekin o'zimning qarashlarim bor. SHu bois jamoaga yangi falsafa olib keldim. 

Narzulla Saydullaev

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика