So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  15 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

“Zomin”ning g'alabali seriyasi 3ta o'yinga etdi Yangiliklar

“Zomin”ning g'alabali seriyasi 3ta o'yinga etdi

Teglar :  ZominBirinchi liga
O'zbekiston Birinchiligi musobaqalarida “Zomin” jamoasi 2012 yildan buyon uzluksiz ishtirok etib kelmoqda.

Har yil musobaqalar boshlanganida jamoa o'z oldiga yuqori marralarni ko'zlab, harakat qilgan. O'tgan yillarni sarhisob qiladigan bo'lsak, jamoa faqatgina 2015 yilgi musobaqaning ikkita bosqich natijasiga ko'ra 5-o'ringa chiqa oldi.

Bu yil ham jamoa o'z oldiga yuqori marralarni ko'zlab, harakat qila boshlagan edi. Lekin jamoada birinchi davra so'ngida pasayish yuzaga kelgan edi, buning asosiy sabablaridan biri mablag' bilan bog'liq. SHunday bo'lsada ikkinchi davra boshlanishidan oldin tarkibga tajribali Oliy liga havosidan bahra olgan o'yinchilar va yosh futbolchilar taklif etildi. Ikkinchi davra boshlaridagi ketma-ket mag'lubiyatlar jamoa muxlislarini “Birinchi ligadan tushib ketadimi?” deb, ancha o'ylantirib qo'ydi. Lekin oxirgi uchta turdagi g'alaba (“NBU-Osiyo” - “Zomin” (0-2), “Zomin” - “Xorazm” (3-0), “Zomin”-“Orol” (4-3) jamoa muxlislari qalbida yana umid uchqinlarini uyg'otdi. Jamoa 32-turga kelib, musobaqa jadvalida 10-o'rinda bormoqda. Lekin yana oltita tur uchrashuvlari borligini hisobga oladigan bo'lsak, musobaqa so'ngiga qadar zominliklar turnir jadvalida o'tgan yilgi natijasini yana bir bor takrorlashi mumkin.



“Zomin” jamoasining keyingi tur uchrashuvlari bilan tanishing:
33 tur. 23 oktyabr (yakshanba)
“Norin” – “Zomin”
34 tur. 26 oktyabr (chorshanba)
“Uz-Dong-Ju” – “Zomin”
35 tur. 2 noyabr (chorshanba)
“Zomin” – “Cementchi”
36 tur. 5 noyabr (shanba)
“Zomin” – “Yozyovon-Lochinlari”

Yana 2 ta qoldirilgan o'yin 23 va 24-turlar:
“Xotira-79” – “Zomin”
“Kosonsoy” – “Zomin”

Akmal Raxmatullaev
“Zomin” PFK matbuot kotibi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика