"Zomin U-19"ning texnik mag'lubiyati klubning Pro ligadagi ishtirok etishiga yo'l bermaydi
06 sen 2022 11:03
Yangiliklar


"Zomin U-19"ning texnik mag'lubiyati klubning Pro ligadagi ishtirok etishiga yo'l bermaydi
Pro liga ishtirokchisi "Zomin" moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sir emas.
"Bu esa tabiiyki klubning U-19 jamoasiga ham tasir ko'rsatgan. Jumladan, U-19 chempionatining 15-turida jamoa Xorazmga kelmagani oqibatida texnik mag'lubiyatga loyiq ko'rilgan.
7 sentyabr kuni "Zomin U-19" o'z maydonida "Turon" yoshlarini qabul qiladi. Mazkur bellashuv va umuman keyingi turlardagi yana biror bellashuvning "Zomin" klubi tufayli o'tkazilmasligi jamoaning musobaqadan chetlashtirilishiga olib keladi. Bu esa licenziyalash talablarining to'g'ridan-to'g'ri buzilishi hisoblanadi.
Avvalroq "Aral Samali" futbol klubi U-19 jamoasining musobaqadagi ishtirokini taminlay olmagandi. Mazkur holatlar klublarning 2023 yilgi mavsumda ham Pro ligada ishtirok etishiga yo'l bermaydi", – deyiladi O'zPFL xabarida.
O’xshash yangiliklar
22:33
Tebas: "Real" rahbariyati o'zidan qurbon yasab olib, xar hil fitna nazariyalarini tarqatmoqda" 50

Fikrlar