"Zomin" Andijonga borish uchun mablag' topa oldi
18 okt 2014 12:00
Yangiliklar


"Zomin" Andijonga borish uchun mablag' topa oldi
O'tgan turda moliyaviy muammo sabab "Xotira-79" bilan o'yinga bora olmagan "Zomin" taqvimga ko'ra bugun "UzDongJu" bilan o'ynaydi.
Muxlislarni "Zomin" bu safar ham uchrashuvga bormaydimi yoki boradimi degan savol o'ylantirayotgandi. SHuni inobatga olib, klub ijrochi direktori Abdumajid Xorinovga murojaat qildik. U kishining aytishicha jamoa Andijonga bugun tong sahar soat 04:00da yo'lga chiqqan.
Demak, zominliklar safar o'yiniga borish uchun yo'l kiraga pul topa olgan.
Eslatib o'tamiz, "UzDongJu" - "Zomin" bahsi Andijon shahrining SHo'rbuloq dahasida joylashgan suniy maydonda 15:00da boshlanadi.

Fikrlar