
Muxlislarni "Zomin" bu safar ham uchrashuvga bormaydimi yoki boradimi degan savol o'ylantirayotgandi. Shuni inobatga olib, klub ijrochi direktori Abdumajid Xorinovga murojaat qildik. U kishining aytishicha jamoa Andijonga bugun tong sahar soat 04:00da yo'lga chiqqan.
Demak, zominliklar safar o'yiniga borish uchun yo'l kiraga pul topa olgan.
Eslatib o'tamiz, "UzDongJu" - "Zomin" bahsi Andijon shahrining Sho'rbuloq dahasida joylashgan sun'iy maydonda 15:00da boshlanadi.