So’nggi yangiliklar

16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  1 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  1

“Zomin” 3 ta nazorat uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

“Zomin” 3 ta nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Xabaringiz bor, Zominning “Zomin” jamoasi O'zbekiston birinchiligi musobaqasining ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlagan.

Jamoa kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqda. Hozirgi vaqtda yig'inga bir qator tajribali va istedodli mahalliy futbolchilar jalb qilingan. “Zomin” yangi futbolchilarni nazorat uchrashuvlarini tashkil qilib sinab ko'rmoqda. Jamoaning o'yin uslubiga mos kelgan o'yinchilar bilan shartnoma tuzish rejalashtirilgan.

Klub tomonidan shu kungacha 3 ta nazorat uchrashuvi tashkil qilindi. Birinchi uchrashuv oliy liga ishtirokchisi “Sug'diyona”ga (6:1) hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, keyingi ikkita uchrashuvda g'alaba qozonishdi. Oxirgi ikkita uchrashuv Birinchi liga jamoalariga “Yangier” (3:2), “G'allaorol” (5:3) jamoasiga qarshi o'tkazildi.

Eslatib o'tamiz, “Zomin” jamoasi Birinchi liga bahslarining ikkinchi davra uchrashuvini o'z maydoni “Zomin markaziy o'yingohi”da 19-tur
10 avgust kuni “Nasaf-2” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


NAZORAT UCHRASHUVI

“ZOMIN” – “G'ALLAOROL” - 5-3.

Gollar: D. Toshmatov (13), N. Ibragimov (20), E. Karimov (30), S. Abramov (42), R. Abdurasulov (47).

“Zomin”: O. Sadiev, J. Saidov, A. Abdullaev, D. Ikromov, E. Karimov, D. Kamolov, N. Ibragimov, S. Abdullaev, D. Toshmatov (L. Fayzullaev, 29), O. Toyloqov, S. Abramov.

Akmal RAXMATULLAEV “Zomin” PFK matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика