Zola: "Azar va Villian Sarri mashg'ulotlaridan aziyat chekishgan"
22 okt 2020 16:28
Yangiliklar
Zola: "Azar va Villian Sarri mashg'ulotlaridan aziyat chekishgan"
"CHelsi" afsonasi Janfranko Zola nega "ko'klar" liderlari sobiq murabbiy Mauricio Sarrining falsafasini qabul qilishmaganini aytdi.
"CHelsi"da istedodli futbolchilar bor edi, masalan, Azar va Villian o'zlari o'yinni yutishlari mumkin, ammo ular biz o'tkazgan mashg'ulotlardan aziyat chekishgan.
Rostini aytsam, ularga bu mashg'ulotlar zerikarli bo'lgan, ammo ular ishlashni davom ettirishgan. Boshida "CHelsi"ning barcha futbolchilari qo'llab-quvvatlashdi va o'zlarini ajoyib tutishdi.
Ammo, haftalar o'tar ekan bular takrorlanib bordi va ko'p o'yinlar bo'ldi, shu sabab o'yinchilar charchashdi", - deydi Zola.
Fikrlar