So’nggi yangiliklar

17:35"Динамо" 15 йилдан буён Самарқандда "Пахтакор"ни юта олмаяпти  2 17:13Биринчи лигада иккинчи давра старт олди: "Жиззах ФА"дан илк ғалаба, "Цементчи"дан 11:0 ва бошқа натижалар  0 16:52"Бугун Ўзбекистон чемпионатида қизиқарли кун". Боян Миладинович Самарқанд ва Фарғонадаги ўйинлар олдидан нималар деди?  2 16:37"Реал" Камавинганинг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 16:11Ўзбекистонлик ҳужумчи Ироқ чемпионатида ўйнайдиган бўлди  5 15:50Расман: Ўзбек телеканаллари Ла Лига, А Серия ва Англия Кубогини намойиш этади  18 15:32Кингсли Коман "Ал Насср"га ўтди — Here We Go!  3 15:03Here we go: "Манчестер Сити" ўз футболчисини "Эвертон"га ижарага бермоқда  2 13:33Иско жиддий жароҳат олди  3 13:05Япония терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурар вафот этди  0 12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  5 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  1 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  2 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  3 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  7

Zoir Jo'raboev: "Qatardek kuchli terma jamoaga hakamlarning yordami kerak emas" Yangiliklar

Zoir Jo'raboev: "Qatardek kuchli terma jamoaga hakamlarning yordami kerak emas"

Osiyo kubogi "A" guruhi ikkinchi turidan o'rin olgan Tojikiston - Qatar uchrashuvidan so'ng Tojikiston termasi va "Neftchi" klubi futbolchisi Zoir Jo'raboev Championat.asia saytiga kichik intervyu berdi.

- Qatarga qarshi o'yin haqida gapirsangiz?

- O'yinni nazorat qilayotgan paytimiz, eng keraksiz holatda gol o'tkazdik. SHundan so'ng, bizda imkoniyatlar bo'ldi, ammo gol ura olmadik. Birinchi taymdayoq hakam bizga qarshi ekanini sezgandik. Juda ko'p bahsli holatlarda hakam Qatar foydasiga qaror chiqardi. Qatar kabi kuchli terma jamoaga hakamlarning yordami kerak emas deb o'ylayman. Balki, hakam biroz bosim his qilgandir. 

- Gol bo'lgan vaziyat haqida fikringiz qanday?

- O'sha vaziyatda qatarlik ikki futbolchi jamoadoshimni itarib yubordi, hakam esa yo'lni to'sib qo'ydi. O'yin esa davom ettirildi. Gol VAR orqali tekshirilmadi. Hakam o'sha vaziyatni ko'rmay qolgan taqdirda ham VAR vaziyatga aralib, golni bekor qilishi mumkin edi. 

- Amaldagi chempionga qarshi munosib o'yin ko'rsatdingiz. Bu narsa Livanga qarshi o'yinda qanchalik jamoaga ishonch beradi? Agarda g'alaba qozonsangiz, guruhdan chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat paydo bo'ladi...

- Livanga qarshi o'yindagi g'alaba tarixiy natija bo'lishi mumkin. Birinchi ishtirokning o'zida pley-off bosqichiga chiqish bu albatta zo'r natija. Uchinchi o'yinga bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko'ramiz.

- Tojikiston hali Osiyo kubogida gol kiritmadi. Uchinchi o'yinda kiritiladigan ehtimoliy gol jamoani pley-off bosqichiga olib chiqishi mumkin...

- Ha, uchinchi o'yinda juda ko'p voqealar sodir bo'lishi mumkin. 

- O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini kuzatib boryapsizmi? 

- Ha, Suriya bilan o'yinni ko'rdim. Raqib to'liq himoyalandi. O'zbekiston ko'p hujum qildi, ikkinchi bo'limda gol urishga etarli vaziyat bo'ldi. Bundan tashqari, jamoaning muhim futbolchilari hozirda jarohatda. SHomurodov va termaning ikki asosiy himoyachisi safda emas.

Jalolxon Inog'omxo'jaev suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика