So’nggi yangiliklar

15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  0 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  5 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  12 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  20 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  3

Zohir Qo'ziboev: “To'purarlar qatorida bo'lishni maqsad qilgandim” Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: “To'purarlar qatorida bo'lishni maqsad qilgandim”

Bu yil oliy ligada debyut mavsumi bo'lishiga qaramay, Qo'ziboev o'zini har tomonlama ko'rsata oldi. “Mashal”ning 28 yoshli hujumchisi Qashqadaryoning Kasbi tumanidan ekanligini ko'pchilik bilmasa kerak.
Qo'ziboev bu yil jamoasining to'purari bo'ldi. Lekin chempionat doirasida Zohirning “Nasaf” vakili Artur Gevorkyandan o'tib ketishi juda qiyin. Mavsum poyoniga etmasidan turib, unga talabgorlar soni ortib bormoqda. Bilishimizcha Qo'ziboevni poytaxtning ikki klubi kelasi yil o'z safida ko'rmoqchi. Buning uchun o'sha klub vakillari futbolchining o'ziga ham chiqishgan. SHuningdek vodiyning yana bir klubi ham ushbu hujumchini o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. Yaqinda Muborakda Qo'ziboev bilan uchrashib, shu va boshqa savollarga javob oldik.

- Joriy mavsum oliy ligada debyut qildingiz. SHunga qaramay elitada “yo'qolib” qolmadingiz. O'zingiz ham faoliyatingizdan qoniqqan bo'lsangiz kerak.
- Ha, to'g'ri aytdingiz bu yil ilk bor oliy ligada to'p tepishim edi. Bungacha asosan quyi ligalarda o'ynagaman. Nima desam bo'ladi, albatta oliy ligada o'ynash qiziqarli kechdi. Bu erda haqiqiy professionallar. Jiddiy kurash kechadi. Yil boshida o'z oldimga to'purarlar ro'yxatida bo'laman deb maqsad qo'ygandim. Garchi mavsum-2014 to'purari bo'lish imkoniyati biroz pastroq bo'lsada, shunisiga ham shukur qilaman. Bu men uchun qoniqarli natija.

- Ko'pincha hujumchilar oliy ligadagi ilk mavsumida to'purarlikdan ham ko'ra o'yin amaliyotga ega bo'lishni istaydi. Siz esa birinchi yildayoq to'purar bo'lishni maqsad qilgansiz. Buni qanday izohlaysiz?
- Inson doim o'z kuchiga ishonish kerak deb hisoblayman. Boshqacha aytganda maqsadsiz bir nimaga erishish qiyin. Maksimal vazifam to'purar bo'lish, minimum vazifa esa to'purarlar ro'yxatidan o'rin egallash edi.

- Jamoangiz ham o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajardi. O'tgan yili birinchi ligada ishtirok etgan “Mashal”ning bu yil elitada 5-o'rinni egallaganini siri  nimada deb o'ylaysiz?
- Bizda jamoa yaxshi shakllantirilgan. Hamma bir-biri bilan ahil va inoq. Klubning oddiy bir ishchi xodimidan tortib, futbolchilargacha hamma iliq munosabatda. Albatta hamjihatlik bo'lgan joyda, unum bo'ladi. Buni mana jamoamiz misolida ko'rish mumkin. Yaxshi kollektiv yig'ilgani, yutuqlarimiz garovidir. Eng asosiysi rahbariyat va futbolchilar o'rtasida ishonch bor. Futbolda bu eng muhim omillardan biri bo'lsa kerak.

- Bu yil qaysi jamoaning himoyachilariga qarshi o'ynash siz uchun qiyin kechdi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, oliy ligada oson o'yinlar yo'q. Har bir klub mag'lubiyatga uchramaslik uchun jon-jahdi bilan kurashadi. Biror-bir klubni ajratib ularga qarshi o'yin engil kechdi deya olmasamda, o'zim qiynalgan o'yinlarni aytishim mumkin. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi himoyachilariga qarshi o'ynash og'ir kechdi. Lekin vazifam gol urish bo'lgani sababli har qanday metin himoyani yorib o'tishga intildim.

- “Mashal”ning oldingi chizig'ida sizdan tashqari yana Zafar To'raev, Mo'ydin Mamazulunov, Jamshid Hasanov va Eldor SHomurodov kabi hujumchilar ham bor. Aytingchi ularning qaysi biri bilan o'ynash siz uchun engilroq kechdi?
- Futbol bu jamoaviy o'yin. SHaxsan men tandem tanlamayman. Jamshid Hasanov va Mo'ydin Mamazulunov bilan yaxshi o'ynadik deb hisoblayman.

- Bosh murabbiy xususida fikringiz ijobiy bo'lsa kerak. Uning o'yinchilarini uchrashuvga tayyorlash jarayoni qanday o'tadi?
- Albatta, Aleksandr Andreevich ajoyib murabbiy! Hammani teng ko'radi. Kim o'z ustida ishlab, o'zini ko'rsatsa, imkoniyat berishdan cho'chimaydi. Bizga ko'p narsalarni o'rgatdi. Futbolchilarni bitta jamoa sifatida jipslashtira oldi. Mashg'ulotlarda har mashkni erinmasdan ko'rsatib beradi va uni biz futbolchilarga uqtirib boradi. Amalda uni bahslarda qo'llab, berilgan ko'rsatmalarini bajarib kelmoqdamiz. O'yinchilarni ajratmaydi. Har birimizga alohida vazifa beradi. Xomyakov hayotda va futbol darajasida ham ajoyib inson! Aynan uning ishonchi tufayli men shu darajaga ko'tarildim.

- Aytishlaricha sizga hozirdan sovchilar ko'paya boshlabdi. Kelasi yil jamoada qolmoqchimisiz yoki muhitni o'zgartirasizmi?
- Ayni damda huquqiy jihatdan “Mashal”ga tegishli o'yinchiman. To'g'ri, takliflar bo'lmoqda. Xorij klublaridan ham qiziqish bo'layotgani haqida aytishdi. Lekin men avvalo klub rahbarlari bilan bu borada gaplashib olishim kerak. Agarda ular bunga qarshilik ko'rsatmasa, o'zimni chet elda sinab ko'rishim mumkin. Hozirgi jamoam ham yomon emas. Bu erda yaratib berilgan sharoitlar meni to'la-to'kis qoniqtirmoqda. Lekin o'zimni xorijda sinab ko'rish niyatim yo'q emas. Bu orqali milliy terma jamoada ham o'ynashga harakat qilaman. Lekin hozircha hech narsa malum emas. Hammasini yil yakunida aniqlashtirib olamiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика