So’nggi yangiliklar

22:53Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна". Таркиблар маълум, "Реал" юришини бошламоқда!  5 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  4 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  7 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  1 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  4 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  9

Zohir Qo'ziboev: “Andijon”ni jamoaviy o'yin evaziga yutdik” Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: “Andijon”ni jamoaviy o'yin evaziga yutdik”

Kecha oliy liga debyutantlari “Andijon” – “Mashal” o'rtasidagi bahsda mehmonlar kichik hisobda g'alabaga erishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Zohir Qo'ziboevdan poyoniga etgan o'yin haqida fikrlarini so'radik.

- Jamoangiz uchinchi turga kelib chempionatdagi ilk g'alabasiga erishdi. Avvalo shu “Andijon”ga qarshi kechgan o'yin haqida nima deysiz?
- Nima desam bo'ladi? “Andijon” ham biz ham og'ir vaziyatda edik. SHu bois har ikkala jamoaga ham bugun faqat g'alaba kerak edi. Safarda o'ynashimizga qaramay oldimizga faqat g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgandi. Buni bajarish uchun butun jamoa bo'lib oxiriga qadar astoydil kurashdik. Xudoga shukur urinishlarimiz zoe ketmadi. Keyin shuni aytib o'tish kerakki, maydonning xolati talab darajasida bo'lmagani ham biz futbolchilarga qiyinchilik tug'dirdi. Kombinacion o'yin ko'rsatib bo'lmasdi. SHunga qaramay muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- O'tgan yili ham “Mashal” safida “Andijon”ga qarshi o'ynagansiz. Raqib bu safar kuchsiz o'ynadimi yoki “Mashal” kuchli o'ynadimi?
- Yo'q, mezbonlarni kuchsiz deb bo'lmaydi. Ular ham o'z muxlislari qarshisida o'ynab g'alaba qozonish uchun astoydil o'ynadi.

- Birinchi ligada ham o'tgan yili 1:0 hisobida g'alaba bilan qaytgandinglar. Aytingchi bu safar nimani hisobiga g'alaba qozondinglar?
- Bunda murabbiyimizning bergan aniq ko'rsatmalarini to'g'ri bajara olganimizni aytgan bo'lardim. Qolaversa o'zingiz ham ko'rgan bo'lsangiz bizda jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan. Uchrashuv so'nggiga qadar barcha g'alaba uchun astoydil mehnat qildi.

- Uchrashuvdan oldin “Andijon” darvozasiga gol urishingizni sezganmidingiz?
- Hujumchi bo'lganim uchun ham har bir bahsda gol urishga harakat qilaman. “Andijon” bilan o'yinda ham gol kiritib, jamoamga g'alaba keltirishni o'ylagandim. Bunda jamoadoshlarimning ham hissa katta deb o'ylayman.

-  Bu yil elitada debyut mavsumingizni o'tkazmoqdasiz. Oliy liga haqida nima deysiz?
- To'g'ri, bungacha asosan birinchi ligada o'ynaganman. Bu yildan boshlab esa oliy ligada o'ynamoqdaman. Bu ligalar o'rtasidagi saviya katta farq qiladi. Albatta oliy ligada aqlli futbol ko'rsatiladi. Uchrashuvlar ham oson bo'lmaydi.

- Ortda qolgan uchta o'yinda hisobingizga ikkita gol yozdirib qo'ydingiz. Mavsum davomida nechta to'p kiritishni rejalashtirgansiz?
- Mavsum avvalida o'z oldimga shaxsiy maqsadlar qo'yganman. Unga ko'ra bu yil ham to'purarlar qatorida yurishga intilaman.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика