So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  2 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  6 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  30 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  43 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

Zohir Pirimov: “Bizda yosh futbolchilardan natija talab qilish noto'g'ri” Yangiliklar

Zohir Pirimov: “Bizda yosh futbolchilardan natija talab qilish noto'g'ri”

Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi bir necha yildan buyon oliy liga reytingida kuchli o'nlikdan pastga tushmayotgan edi. Bu yil “konchilar”ning ishlari unchalik yurishmayapti.

Bir qator uchrashuvlarda ketma-ket mag'lubiyatlar alamini totib ko'rishdi. “Olmaliq” jamoasi sardori Zohir Pirimov ancha yildan buyon ushbu klubda to'p tepib kelmoqda. Biz Pirimovdan jamoaning bu yilgi omadsizlik sababni bilishga qiziqdik.

-  Bu yil jamoaning omadsiz ishtirokiga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
-  To'g'ri, bu yil “Olmaliq” jamoasining ishlari unchalik o'xshamayapti. Nechchi yildan buyon ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan bo'lsam-da men uchun ushbu yil eng og'iri bo'ldi, deb o'ylayman. Birinchi davrada biroz qiyin uchrashuvlarni o'tkazsakda, qoniqarliroq natija bilan yakunladik. Ikkinchi davra biz uchun o'ta omadsiz kechmoqda. Bir qator og'ir uchrashuvlarni o'tkazdik. Bunday vaziyatda ko'plab jamoalar ruhan tushkunlikka tushib qoladi. Jamoamizda, asosan, yosh futbolchilar harakat qilmoqda. Menimcha, bizga biroz tajribali futbolchilar etishmadi. O'shanda qiyin vaziyatdan chiqib ketsak bo'lardi. Ikkinchi davrada jamoa tarkibi o'zgarib ketdi. O'nga yaqinfutbolchilar boshqa jamoaga ko'chib o'tishdi. Har bir uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganidan so'ng futbolchini o'ziga kelib olishi uchun biroz vaqt kerak bo'ladi.

-  Rahbariyat salbiy natijadan norozilik bildirdimi?
-  Bu yil oldimizga yuqori vazifa qo'yilmagandi. O'ninchi o'rindan pastga tushib ketmasak bo'ldi. Menimcha, bu ham natijamizga o'z tasirini o'tkazgandir. G'alaba qozonadigan o'yinlarimizda ham ochko ololmay qoldik. “Navbahor” bilan bo'lgan o'yinda ham g'alaba qozonib turgan joyimizda durang natija qayd etdik. Uyimizda “So'g'diyona” jamoasiga qarshi bahsda butun o'yin davomida raqib darvozasi tomon hujumlarni amalga oshirgan bo'lsak ham, o'tkazib yuborilgan bitta gol mag'lub bo'lishimizga sabab bo'ldi. “Andijon” bilan bo'lgan bahsda ham butun o'yin hujum qila turib, raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik. Kuchli jamoalarga kuchimiz etmasdi.


-  Turnir jadvaliga etibor beradigan bo'lsak, xavfli zonadagi jamoalar bilan o'rtangizdagi tafovut 5 ochkoni tashkil etadi. CHempionat yakunlanishiga 2 ta tur qoldi. Qolgan ikkita turda ham g'alaba qozona olmasangiz, jamoaning jadvaldagi holatini tasavvur qilish qiyin emas. Bundan tashvishga tushmayapsizlarmi?
-  To'g'ri, so'nggi 2 ta turda biz “Paxtakor” va “Qo'qon-1912” jamoalari bilan o'yin o'tkazamiz. “SHerlarni” o'z uyimizda qabul qilsak, “Qo'qon-1912” jamoasi bilan safarda bellashamiz. Har bir uchrashuvga murabbiy ham, futbolchi ham faqat g'alaba qozonish uchun harakat qiladi. Ushbu ikkita uchrashuvda maksimal natija qayd etishga intilamiz. CHempionat avvalida raxbariyat ham, murabbiylar shtabi ham oldimizga xavfli zonaga tushib ketmaslik vazifasini qo'ygan. Menimcha, xavfli zonaga tushib qolmaymiz. Buning uchun qolgan uchrashuvlarda raqiblarimizni mag'lub etishga urinib ko'ramiz. Barchasi o'z qo'limizda.

-  Igor SHkvirin ko'proq futborchilardan natija talab qiladi. Uning yana qanday xislatlari bor?
-  Professional futbolga kirib kelganimdan beri ushbu mutaxassisni yaxshi bilaman. Birinchi murabbiyim desam ham bo'ladi. Boshqa murabbiy qo'l ostida to'p tepmaganman. Necha yildan beri bu inson doim menga ishonch bildirib kelgan. Boshqa jamoaga o'tmaganimning sababi ham shu. Murabbiy menga qattiq ishonadi. Agar murabbiy futbolchiga ishon bildirmasa, jamoada qolishning ham foydasi yo'q. SHkvirin ko'proq yosh futbolchilarga imkon beradi va ularga ishonch bildiradi. Ustozimiz hech qanday jamoadan qo'rqmaydi va yoshlarga ham bunday xislatni singdirib boradi. Kim jamoamizda o'zini sinab ko'rishni istasa, murabbiyimiz o'sha futbolchini o'yinini ko'rmasdan turib hech qachon ortiga qaytarib yubormaydi. Har doim yosh futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat beradi. Mashg'ulotlarda ham shunday, kim o'zini ko'rsata olsa, asosiy tarkibda maydonga tushadi. Har safar bizda o'zgarishlar bo'lib turadi. Tajribali futbolchi bo'lgan taqdirda ham o'yinga tayyor emasmi, murabbiy maydonga tushurmaydi. O'zim ham bir necha bor zaxirada qolib ketganman.


-  Bolalar futbolida murabbiylar yosh futbolchilardan natija talab qilishi to'g'rimi?
-  Bu narsa bizning o'rinbosarlarda ham bor. Mening fikrimcha, o'rinbosarlardan ham natija talab qilinmasligi kerak. CHunki yosh futbolchiga ortiqcha bosim qilish kerak emas. Futbolchini qo'rqitib qo'ymaslik kerak. Yosh futbolchilarga ko'proq erkinlik berish kerak, deb o'ylayman. Bazida murabbiylar o'z shogirdlariga “futbolchini aldama, ko'proq jamoadoshlaringa to'pni uzat” deb qo'rqitib qo'yishi mumkin. Evropada individual futbolchilar nimaning evaziga etishib chiqadi? Ularda yoshligida erkinlik bo'ladi. Ularda bolalar turniri degan narsa yo'q. Ko'proq futbol festivallari o'tkazilib turiladi. Festivalda natijani farqi yo'q. Bizda yosh futbolchilardan natija talab qilish noto'g'ri, deb o'ylayman. Yosh futbolchilar natija uchun emas, tajriba orttirish uchun futbol o'ynab, rohat olishi kerak.  

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика