Zohid Abdullaev - "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylandi
12 apr 2019 19:02
Yangiliklar


Zohid Abdullaev - "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylandi
Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qizilqum" uchrashuvining birinchi bo'limida mezbonlar hujumchisi Zohid Abdullaev dublga erishdi.
SHu tariqa Zohid Abdullaev kuchlilar safida kiritgan o'z gollari sonini 100taga etkazdi va “Gennadiy Krasnickiy” klubining 31-azosiga aylandi.
Futbolchi 100ta goldan 68tasini milliy chempionat o'yinlarida urgan, qolgan gollar esa O'zbekiston Kubogi bahslarida raqib darvozasidan joy olgan.
Zohid Abdullaev Bekobodning “Metallurg” jamoasida 2010 yilgi mavsumdan etiboran to'p tepib keladi. Oraliqda ikki mavsum (2013 yili “Nasaf”, 2014 yili “Neftchi”) boshqa jamoalar sharafini himoya etdi. Bekoboddan tashqarida faoliyat yuritish Abdullaevga unchalik yoqmagan. Qarshida u gollari sonini 5 taga oshirgan bo'lsa, Farg'onadan umuman quruq qaytgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar