So’nggi yangiliklar

13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  1 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  0 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  10 11:35Луис Энрикенинг шаҳсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  3 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  1 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  5 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0

Zlatko Dalich: "Yaxshi taklif bo'lsa o'zbek klublarida ham ishlashim mumkin" Yangiliklar

Zlatko Dalich: "Yaxshi taklif bo'lsa o'zbek klublarida ham ishlashim mumkin"

BAAning "Al Ayn" jamoasining xorvatiyalik bosh murabbiyi Zlatko Dalich saytimizga eksklyuziv intervyu berdi.


Osiyo chempionlar ligasi chorak final doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Ayn" to'qnashuvining javob o'yini bo'lib o'tadi. Toshkentda etib kelgan "Al Ayn" jamoasi kecha "Bunyodkor" stadionida o'yin oldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazayotgan paytda Zlatko Dalich bilan alohida suhbatlashishga kelishib oldik. Garchi o'yin oldi bo'lsada Zlatko Dalich murojaatimizga labbay, deb javob qaytardi va mehmonxonada intervyu olishga kelishdik. Odatda o'yindan bir kun oldin bizning murabbiylar qalam ahli bilan suhbatlashishdan qochishga intilishadi. Zlatko Dalich esa yuqori profeessionalikni namoyish etdi va uni oldinda qanchalik muhim o'yin kutib turganiga qaramasdan intervyu berishdan bosh tortmadi.


- "Al Ayn" jamoasiga kelish tarixingiz haqida so'zlab bersangiz...

- "Al Hilol"dagi faoliyatimdan so'ng "Al Ayn" klubi menga qiziqib qolgan. 4 yil muqaddam esa "Al Ayn" klubidan meni har tomonlama qoniqtiradigan qiziqarli taklif kelib tushgandi va shundan so'ng bu jamoa boshqaruvini o'z qo'limga olishga rozilik berdim.

- Murabbiy sifatida qaysi uslubdan foydalanasiz va nega?

- Bilasizmi, men 20 yildan ortiq futbolchi sifatida to'p tepganman. SHu faoliyatim davomida ko'plab tajribali murabbiylar bilan ishlaganman. Har bir murabbiydan o'zim uchun kerakli jihatlarni o'zlashtirishga harakat qilganman. Meni jamoam ko'proq to'pni nazorat qilish, yuqori pressingga asoslangan futbol ko'rsatishini istayman va futbolchilardan shuni talab qilaman. Men uzun paslar orqali o'ynashni maqul ko'rmayman. Qisqa paslar, kombinacion futbol o'ynash yoqimliroq.


- "Al Ayn"da Osiyo futboli yulduzi Omar Abdulrahmon o'ynaydi. Murabbiy sifatida bu kabi yuqori darajadagi yulduz futbolchi bilan ishlash qanchalik oson? Bazi yulduz futbolchilarning o'ziga xos injiqliklari bo'ladi. Omar bilan ishlashda bu kabi muammolarga duch kelmaysizmi?

- Omar haqida faqatgina yaxshi fikrlar bildirishim mumkin. Abdulrahmon Osiyodagi eng kuchli futbolchi bo'lsa kerak. Omar butun jamoani katta hurmat qiladi. Uning insoniylik sifatlariga ham gap bo'lishi mumkin emas. Omar bilan ishlashda hech qanday muammolarga duch kelmayman. Aksincha, bu darajadagi futbolchi murabbiyga ham qo'shimcha imkoniyatlar taqdim etadi. SHuni aytishim mumkinki, Omar Abdulrahmonning injiqliklari yo'q. Omarning jamoada bo'lishi bu baxt. Omar Abdulrahmon bu Osiyo futbolidagi tillo bola. Uning yuksak iqtidori, katta istedod sohibi ekanligini hech kim inkor etolmaydi. Omar nafaqat jamoani o'yinini qurishda, balki uchrashuvga alohida bezag bera oladigan zargar, desam ham bo'ladi.

- O'zingiz haqingizda, oilangiz xususida ham to'xtalib o'tsangiz...

- Futbolchilik faoliyatimning katta qismini Xorvatiya klublarida o'tkazganman. 2000 yili esa futbolchilik faoliyatimni yakunlagach 2 yil terma jamoada yordamchi murabbiy bo'lib ishlaganman. SHundan so'ng o'zimni sevimli klubim "Varteks"da sport direktor lavozimida ham ishlaganman. 2005 yildan boshlab esa professional murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. 2010 yilda esa Saudiya Arabistoni jamoasi "Al Faysali"dan taklif tushgan va shundan buyon osiyo futbolida ishlab kelyapman.
Turmush qurganman, xotinim va ikkita farzandim bor. Bolalarim hozircha futboldan yiroqda. Ular hali yosh va o'qish bilan mashg'ul.

- O'zbek klublaridan taklif tushsa O'zbekistonda ishlashga rozilik berarmidingiz?

- Men avvalo futbolni sevaman va murabbiylik kasbini yaxshi ko'rganim uchun tanlaganman. Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Men "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Paxtakor" klublaringizni yaxshi bilaman. "Nasaf" bilan ham OCHL guruh bosqichida to'qnash keldik. Umuman olganda jamoalaringiz yaxshi saviyaga ega. Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Agarda o'zbek klublaridan yaxshigina taklif tushadigan bo'lsa, bu erga kelib ham ishlashim mumkin. Hammasi taklifga va uning qanchalik qiziqarli ekanligiga bog'liq.

- O'tgan yili "Paxtakor", bu yili esa guruhda "Nasaf" va mana hozir chorak finalda "Lokomotiv" bilan duch keldingiz. Ushbu jamoalarimizdan qaysi birini kuchliroq deb ayta olasiz?

- "Paxtakor" va "Nasaf" kabi jamoalarga qarshi guruh bosqichida o'ynaganmiz. Bu umuman boshqa holat. CHunki guruh bosqichida har xil holatlar yuz berishi mumkin va u erda bazan kuchni tejab ham o'ynashga to'g'ri kelishi mumkin. Pley-off bosqichi esa umuman boshqa. Bu erda hech qanday tavakkal yoki xatoga yo'l qo'yish mumkin emas. Ushbu jamoalaringiz ichidan "Lokomotiv"ni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim. O'ynagan jamoalarim ichida aynan "Lokomotiv" qolganlariga nisbatan bir bosh kuchli, deb bilaman. Lekin "temiryo'lchilar" qanchalik kuchli bo'lishmasin, biz ularni mag'lubiyatga uchratib yarim finalga yo'l olishimiz zarur. Oddiy misol, BAAda kechgan "Nasaf"ga qarshi o'yinda bizni faqat g'alaba qanoatlantirardi va biz maydonga faqat uch ochko olish ilinjida tushgandik. Yakunda esa o'zimiz uchun kerakli natijaga ancha ishonchli tarzda erishgandik.

- O'zbek futbolchilaridan qaysi biri sizga iliq taassurot qoldirgan?

- So'zsiz Server Jeparov. Ushbu futbolchi nafaqat yurtingizda, balki Osiyo futbolida ham o'z o'rniga ega top darajadagi o'yinchi sanaladi. Yana kimlarni ko'rsatish mumkin? Xitoyda o'ynayotgan Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Igor Sergeevni bilaman. Ular ham yaxshi saviyadagi futbolchilar hisoblanishadi. Anzur Ismoilov 5 yildan buyon Xitoyda bir maromda, yuqori darajada o'ynab kelmoqda. Anzur Ismoilov yuqori saviyaga ega bo'lgan himoyachi. Xitoyda uzluksiz 5 yil o'ynab kelayotgani bejizga emas.

- Jahon futbolida Messi va Ronaldudan tashqari kimni eng yaxshi futbolchi deb bilasiz?

- Butun dunyo shu ikki futbolchini muhokama qilmoqda. Ulardan tashqari qaysidir futbolchini ajratib ko'rsatish ancha qiyin. Menga so'zsiz Messi yoqadi va Leoni eng zo'r deb bilaman. Yoqtirgan jamoam ham "Barselona". Men murabbiy sifatida ham aynan ushbu jamoa o'yinini o'zlashtirishga harakat qilaman. Xosep Gvardiolaning uslubidan ko'p foydalanishga intilaman. Men uchun Pep zamonaviy futboldagi eng yorqin murabbiylar biri.


SHu joyda Zlatko Dalich bizdan uzr so'ragan holda suhbatni to'xtatishimizni iltimos qildi. Sababi, rasmiy mashg'ulotdan mehmonxonaga qaytgan jamoa kechki ovqatga kirishi kerak edi va shundan so'ng jamoa bilan yig'ilish o'tkazishi lozimligini tushuntirdi.

Zlatko Dalich muhim bahs oldidagi rasmiy mashg'ulotdan qaytishi bilanoq avtobusdan tushib bizning iltimosimizni erda qoldirmagani uchun ham unga rahmat dedik. U esa kulib, OAV xodimlari bilan uchrashish, intervyu jarayonlari futbolning bir qismi ekanligini alohida takidladi. Biz hammamiz muxlislar uchun xizmat qilishimiz kerak, deya so'zini yakunladi.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика