So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

Zlatko Dalich: "Lokomotiv"ni hurmat qilamiz, lekin..." Yangiliklar

Zlatko Dalich: "Lokomotiv"ni hurmat qilamiz, lekin..."

"Lokomotiv" - "Al Ayn" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Zlatko Dalich o'z fikrlarini bildirdi.

Unga futbolchilardan Ismoil Ahmad hamrohlik qildi.

"Biz Toshkentga chiroyli o'yin ko'rsatib o'zimiz uchun ijobiy bo'lgan natijani qo'lga kiritish uchun kelganmiz. Ertaga ikkinchi o'yin. Birinchi o'yinda 0:0 hisobi qayd etildi. Menimcha ertaga ikkala jamoada ham imkoniyatlar teng. "Lokomotiv" jamoasini juda ham hurmat qilamiz. Ular hozir O'zbekiston chempionatida birinchi o'rinda borishmoqda va yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Lekin men o'z futbolchilarimga ishonaman va ertaga biz o'zimizga kerakli natijani qo'lga kiritamiz deb umid qilaman", - deydi Dalich.

"Ertaga juda ham qiyin o'yin bo'ladi. Bahs muhim hisoblanadi. Safarda baribir uydagiga qaraganda qiyinroq bo'ladi. Ammo umid qilamanki o'z mamlakatimizga ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz", - deydi Ismoil Ahmad.

- "Lokomotiv"ning qaysi jihati bilan sizlarga noqulay deb o'ylaysiz?

- Noqulay emas, raqib juda kuchliligini bilamiz. Ular o'z saflariga bir necha tajribali futbolchilarni qo'shib olishdi. Jamoa safida OCHLda tajriba to'plagan ko'plab futbolchilar bor. "Lokomotiv" mavsum o'rtasida, ular yaxshi sport formadalar. Ular guruh bosqichidan chiqib "Al Hilol"dek kuchli raqibni mag'lub etishdi. Ammo shogirdlarimga ishonaman.

- Klub Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubidan Kayoni sotib oldi. Birinchi o'yinda u maydonga tushdi. Kayo sizning ko'rsatmalaringizni qanchalik bajara oldi?

- Kayoni transfer oynasi yopilishiga oz qolganida sotib oldik. Qisqa vaqt ichida yosh futbolchi tezda o'yinga qo'shilib keta olmaydi. Birinchi o'yindagi harakatlaridan qoniqdim. Ammo uning yaxshi o'yinlari oldinda.

- "Al Ayn" Toshkentga kelishdan oldin BAA kubogida 1:5 hisobida yutqazib qo'ydi. To'g'ri BAA terma jamoasi azolari o'ynashmadi, lekin Asprilla, Kayo kabi legionerlar o'ynashdi. Bu mag'lubiyat jamoaga yomon tasir qilmaydimi?

- Albatta har qanday mag'lubiyat doim og'ir. Ammo o'sha bahsda biz 8 nafar asosiy futbolchi xizmatidan foydalana olmadik. Ammo baribir bunday mag'lubiyatlar bo'lmasligi kerak. Ertangi o'yinga o'sha mag'lubiyatni unutgan holda maydonga tushamiz. Bizning raqibimiz tartibli futbolchilardan iborat bo'lgan yaxshi o'yin ko'rsatadigan jamoa hisoblanadi.

- Guruh bosqichida "Nasaf" bilan o'ynadinglar. O'shanda Gevorkyan qarshiliklar safida o'ynardi. Hozir u "Loko"da. Uni alohida o'rgandinglarmi?

- Men doim "Al Ayn" bilan yaxshi natijalar bilan qaytganman. Bu yil "Nasaf" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadik, o'tgan yil "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandik. Gevorkyan yaxshi futbolchi, bundan tashqari "Paxtakor"da o'ynagan Kaxi Maxaradze ham hozir "Lokomotiv"da o'ynamoqda. Gevorkyan "Nasaf" sardori edi. Ertaga bir futbolchiga qarshi emas 11 nafar futbolchiga qarshi o'ynaymiz.

- "Lokomotiv" bilan o'yinga alohida tayyorlandingizmi? Sababi BAAda hali mavsum boshlanmadi, yoki odatiy tarzda tayyorgarlik o'tkazdingizmi?

- Bugungi o'yinga "Lokomotiv" bilan birinchi o'yinda tayyorgarlik ko'rgandik. Ertaga kichik xato ko'p narsani hal qiladi deb o'ylayman.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика