So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Zlatko Dalich "Al Ayn" - "Al Hilol" to'qnashuvidan oldin intervyu berdi Yangiliklar

Zlatko Dalich "Al Ayn" - "Al Hilol" to'qnashuvidan oldin intervyu berdi

Teglar :  OCHLZlatko Dalich
21 avgust kuni OCHL chorak finalidan o'rin olgan "Al Ayn" - "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Birinchi o'yin BAAning Al Ayn shahrida kechadi. Xorvatiyalik murabbiy Zlatko Dalich ikkala klubda ham ishlagan. U 2013 yil "Al Ahli" bilan Saudiya shahzodasi Kubogida zafar quchgan. SHuningdek, 2015 yil "Al Ayn" bilan BAA chempioni bo'lgan. Qolaversa, o'tgan yil "Al Ayn"ni OCHL finaliga olib chiqqandi. 

- "Al Ayn" - "Al Hilol" qarama-qarshiligida qaysi futbolchilar o'zini ko'rsatadi deb o'ylaysiz? 
- Ikkala jamoada ham kuchli futbolchilar bor. Lekin jamoa sifatida kim zo'r bo'lsa o'sha yutadi. 

- Siz o'tgan yil "Al Ayn" bilan finalda ishtirok etgansiz. Bu mavsum ushbu juftlikdan kimdir finalga borishi mumkinmi? 
- G'arbiy Osiyo klublari uchun finalga chiqib keyin mag'lub bo'lish odat tusiga kirib qoldi. Oxirgi uch yilni yodga olaylik, "Al Hilol", "Al Ahli" va "Al Ayn" klublari finalga chiqib, lekin yakunda Avstraliya, Xitoy va Janubiy Koreya klublariga imkoniyatni boy berishdi. 

- "Al Hilol" dastlabki bahsni safarda o'tkazadi. Nima deb o'ylaysiz, jamoa safarda qanday o'ynashi kerak? 
- Pley-off uchrashuvlarida safardagi bahs juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda hech bo'lmasa bitta gol urib olish talab etiladi. Agar "Al Ahli" buning uddasidan chiqsa, javob uchrashuvida oson bo'ladi. 

- Imkoniyatlar borasida qanday fikrdasiz? 
- "Al Ayn" o'tgan yil, "Al Hilol" esa uch yil oldin finalda o'ynagan. Ikkala jamoa ham kuchli. Imkoniyatlar haqida 50/50 deya olaman. Faqat muammo shundaki, ikkala davlatda ham milliy chempionat endi boshlanadi va jamoalar hozir yaxshi holatda emas. Ammo ularda OCHLda o'ynash bo'yicha tajriba etarli. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика