So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Zlatan yoshi o'tgani sayin “yosharmoqda”?! Yangiliklar

Zlatan yoshi o'tgani sayin “yosharmoqda”?!

“MYU”ning Evropa ligasida aprel oyidagi o'yinida tizzasi og'ir shikastlangan Zlatan Ibrogimovich hamon jarohatini davolash bilan band.

Bu orada uning tavallud ayyomi ham bo'lib o'tdi. 

Avgust oyining oxirida shveciyalik “Yunayted” bilan shartnoma imzoladi va hozirda o'z odatiga ko'ra, fiziologiya va inson salomatligi haqidagi tasavvurlarimizni kengaytirib, undan xayratlanishda davom etishimiz ustida ishlamoqda. Darhaqiqat, Zlatanning jismoniy holatiga xavas qilsa arziydi. U muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarga yugurish yo'lakchalarida tushgan suratlarini joylaydi va ularda “Mourinyuga aytinglar, yaqinda qaytaman” degan izoh qoldiradi. 

Bunga qadar u o'quvchilari bilan oyog'i bilan qanday qilib boks qopini tepayotgani tasvirga olingan videoni bo'lishgan edi. Umuman olganda, klassik Ibrohimovichning hech qanday hayratlanarli jihati yo'q. Uning faoliyatidagi zziga xos jihati shuki, u 30 yoshga to'lganidan so'ng, avvalgiga qaraganda ko'proq gol urdi.

Fevral oyida u Angliya premer-ligasida 15 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan eng yoshi ulug' o'yinchiga aylandi (o'sha vaqtda Ibra 35 yosh 125 kunlik edi). Snayperning shaxsiy rekordi - “PSJ” tarkibida 2015/16 yilgi mavsumda 51 uchrashuvda 50ta gol - Zlatan 34 yoshida bunga erishdi!


Agar Zlatan muntazam rejimga amal qilmay  va sport zalga qatnab turmaganida, hattoki uning takrorlanmas organizmi ham bunday tempga dosh berolmasdi. Zlatan uchun har bir narsa muhim va mayda-chuydalar yo'q u uchun. Manchesterga o'z fizioterapevti bilan kelgani bunga yaqqol dalil bo'la oladi.

O'ttizdan oshganda Ibra bunday natijalarga erishishida muhim rollardan birini Fabio Kapello o'ynagani etiborga loyiq.

SHveciyalik aynan Kapello tufayli o'yin uslubi o'zgarganini va mutaxassis tavsiyasi bilan Marko van Basten o'yinlarini tomosha qilib, o'zi uchun xulosalar chiqarganini aytib o'tadi. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика