So’nggi yangiliklar

07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  33 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  2 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  13 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  8 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 23:01Гвардиола Эдерсоннинг ўрнига испан дарвозабонни олиб келадими?  2 22:30"Барселона" Франция чемпионатидаги ҳужумчи билан шартнома имзоламоқчи  2 22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  25 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  3 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  4 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  16

Zlatan vs Lukaku - aslida nima bo'lgan? Yangiliklar

Zlatan vs Lukaku - aslida nima bo'lgan?

Milan derbisining "navbatdagi qismi"da maydon chinakamiga "yondi".

Nega Lukaku Ibragimovich bilan urishib ketay dedi?

Buning uchun Zlatan Ibragimovichga alohida rahmat aytishi zarur. SHveciyalik hujumchi qizil-qoralar to'qnashuvining asosiy qaxramoni bo'ldi, ammo uchrashuvni oxirigacha maydonda o'tkaza olmadi.

Aynan Ibragimovich 31-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Ibra yana bir bor mahoratini namoyish qilib, nozik zarbani amalga oshirdi — to'p Samir Xandanovich darvozasi ustuniga tegib, to'rdan joy oldi. Biroq uchrashuvning eng qiziq voqealari birinchi bo'lim so'ngida bo'lib o'tdi. Ibra "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku bilan tortishib qoldi. Ikki qoya tom manoda to'qnashdi va bir-birlarining manziliga shirin so'zlarni yo'llashdi.

Ibragimovich ko'pincha ko'radiganimizdek, tabassum qilib turar, Romelu esa ancha asabiy ko'rinardi va sheriklari belgiyalik yigitni bazo'r shveciyalikning yonidan olib ketishdi. Lukaku ortga qaytish niyati yo'q edi va raqibini ham "yo'q qilib yuborgisi" kelib turardi. Bu kabi reakciyaga nima sabab bo'ldi?

Italiya OAV xabarlariga ko'ra, tortishuv vaqtida Zlatan belgiyalikka qarata: "Bor yo'qol va o'zingning vudu-axlating bilan shug'ullan, eshshak", degan. SHundan keyin Ibra tribuna ostiga yo'l olgan, jahl otiga mingan Lukaku esa ortidan: "Sen onam haqida gaplashishni istaysanmi? Buyoqqa kel, onam haqida gaplashging keldimi?" SHu bilan birga Lukaku Zlatan va uning ayoli manziliga haqoratli so'zlarni yo'llagan. Haqli ravishda savol tug'iladi: vudu va belgiyalik futbolchining onasining nima aloqasi bor? Italiyalik hamkasblarimiz arxivlarni o'rganib chiqib, 2017 yildagi voqeani topishdi.

O'shanda Lukaku "Everton" sharafini himoya qilardi, lekin "iriskalar" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi. Liverpul klubi prezidenti Farxod Moshirining so'zlariga ko'ra, kelishuv uzaytirmasligiga vudu sabab bo'lgan. Funkcionerning aytishicha, Lukaku yangi shartnomaga imzo chekishga tayyor edi, lekin o'sha vaqtda Afrikada diniy marosimda ishtirok etayotgandi. U erda rohib futbolchining boshqa klubga o'tishi zarurligini malum qiladi. Keyin nimalar bo'lgani futbol ishqibozlariga yaxshi malum. 

Tanaffusdan keyin Ibragimovich "Milan"ga pand berdi, ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni ertaroq tark etdi. SHveciyalik maydon markazida Aleksandr Kolarovning oyoqlariga zarba berdi va kiyinish xonasiga yo'l oldi, jamoasi esa kamchilikda qolib ketdi. 

Lukaku bir necha daqiqa o'tib penaltidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi. O'yinning oxirgi daqiqalarida Kristian Eriksenning goli evaziga "Inter" g'alabani ilib ketdi va Italiya Kubogi yarim finali yo'llanmasiga ega bo'ldi.

Katta ehtimol, Italiya tartib-intizom qo'mitalari hali bu ish bo'yicha surishtiruv o'tkazib, tegishli qaror chiqarishadi. Balki voqea yaxshiroq o'rganilsa, irqchilik mavzusiga ham etib borilar. Har holda bu mavzu hozir "trendda". Balki shuning uchun Ibra o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tezkor ravishda irqchilikka qarshiligi va barcha insonlar teng ekani haqida gaplar qoldirgandir. Nima bo'lganda ham, bir narsani aniq aytsa bo'ladi — Zlatan bilan futbol ishqibozlari zerikib qolishmaydi!


Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика