Zlatan Ibragimovich: "G'alabaga intilish - inson felining asosi hisoblanadi"
12 sen 2014 12:09
Yangiliklar


Zlatan Ibragimovich: "G'alabaga intilish - inson felining asosi hisoblanadi"
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich futbolda uni nima ruhlantirishini tushuntirib berdi.
"Qachon sovrinlardan charchash mumkinligini tasavvur qila olmayman. Katta natijalarga intilmaydigan, o'rtamiyona jamoa futbolchilarini tushunsa bo'ladi. Ammo g'alabaga bo'lgan intilish - bu insoniyat felining asosi hisoblanadi. Agar bu narsa bo'lmasa, inson o'z maqsadini yo'qotib qo'yadi. Maqsadsiz esa nega yoshayotganini unutib qo'yish mumkin. Men sovrin ketidan sovrin yutishga intilaman. Muxlislarga va o'zimga yoqadigan chiroyli o'yinga intilaman. Yangi rekordlarni o'rnatish yoqimli. Agar bu jamoaga foyda berayotgan bo'lsa, demak men to'g'ri yo'ldaman" - deydi Ibragimovich.

Fikrlar