Zlatan Ibragimovich AQSHda qoladigan bo'ldi

19 dek 2018, 08:45
Ibragimovich “Gelaksi” bilan shartnomasini uzaytirdi.

37 yoshli shved futbolchisi “Los-Anjeles Gelaksi” bilan yangi shartnoma imzoladi. MLS’ga yo'l olganida Zlatan klub bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Biroq u ma'lum bir shartlarga ko'ra (moliyaviy tomondan) har yili shartnomasini uzaytirsh maqomidagi futbolchi sifatida klub bilan kelishgan. Natijada klub yanada ko'proq maosh taklif qilib, Zlatanni klubdan olib qoldi. Futbolchi ortda qolgan mavsum 27 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Гэлакси” расмий сайти