Zinedin Zidan Varanning jarohati haqida gapirib o'tdi

Tolibjon Qosimov
7 dek 2017, 21:14
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Borussiya" (Dordmund) ustidan qozonilgan g'alaba (3:2)dan keyin himoyachi Rafael Varanning jarohati haqida gapirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Varan uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan va 38 daqiqada jarohat olib Marko Asensioga almashtirilgan edi.

Varan - biz uchun juda ham jiddiy yo'qotish.

"Varan - biz uchun juda ham jiddiy yo'qotish. U ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi. Uning o'zi hech qanday jiddiy narsa yo'q ekanligini aytdi, lekin tekshirish kerak. Shunisi aniq-ki, Varan shanba kuni o'ynamaydi", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com