Zinedin Zidan: “Real” rasvo o'yin ko'rsatdi”
04 fev 2018 08:52
Yangiliklar
Zinedin Zidan: “Real” rasvo o'yin ko'rsatdi”
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kechagi “Levante”ga qarshi kechgan 22-tur doirasidagi uchrashuvga izoh berdi.
“Qirollik klubi” “Levante” maydonida kechgan o'yinning so'nggi daqiqasida gol o'tkazib yuborib, 2:2 hisobidagi durang bilan cheklangandi.
“Biz o'yin nazoratini o'z qo'limizda ushlab turdik, ayniqsa birinchi bo'limda. Ikkinchi bo'limda ikkinchi to'pni kiritdik va bu g'alabani saqlab qolishimiz kerak edi. Ammo amalda bunday bo'lmadi.
Mezbonlar yuzaga keltirgan 4ta vaziyatlaridan 2tasini golga aylantirishdi. O'yinga yana qanday tarif berishim mumkin? Biz rasvo o'ynadik”, — deya Marca nashriga intervyu berdi franciyalik mutaxassis.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar