Zinedin Zidan: “Raqib juda yaxshi pressing qildi”
24 dek 2020 09:26
Yangiliklar
Zinedin Zidan: “Raqib juda yaxshi pressing qildi”
“Real” ustozi La Liga 15-turi doirasida “Granada”ga qarshi bahsdan (2:0) so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu qiyin o'yin bo'ldi. O'yinga qadar aynan uning qiyin kechishi haqida gaplashgandik. Raqib juda yaxshi pressing qildi. Birinchi bo'lim oson kechmadi, ikkinchisida esa yaxshiroq harakat qildik. Yigitlardan xursandman. Qiyinchiliklar bo'lganiga qaramay g'alabaga haqli edik. 2-bo'limda biz kuchliroq o'ynadik, to'pni tez-tez raqibdan olib qo'ydik. 1-bo'limda esa “Granada” yakkakurashlarda g'olib chiqib, bizning ishimizni qiyinlashtirdi. Juda yaxshi jamoani mag'lub etdik. Ketma-ket 6 ta g'alabadan so'ng esa yigitlarga rahmat aytish kerak”, — deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar