Zinedin Zidan: "CHelsi" munosib g'alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman"
06 may 2021 02:50
Yangiliklar
Zinedin Zidan: "CHelsi" munosib g'alabaga erishdi. Biz shundoq ham ancha uzoqqa bordik, yigitlarim bilan faxrlanaman"
Uchrashuvdan so'ng matbuot-anjumani bo'lib o'tdi va unda mehmonlar ustozi Zinedin Zidan ishtirok etdi.
"Tan olish lozim, bugun raqib g'alabaga haqli edi. Biz harakat qildik, kurashdik, ammo "CHelsi" g'alaba qozondi va finalga munosib o'yin ko'rsatdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilar o'yinga to'liq tayyor edi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman: biz imkon qadar harakat qildik va final ostonasida to'xtadik! "CHelsi" ajoyib o'yin o'tkazdi va biz buni alohida etirof etishimiz zarur.
Biz o'yin davomida yaqqol vaziyatlarni deyarli yuzaga keltira olmadik. Raqibda esa bunday imkoniyatlar bo'ldi. Endi biz dam olib, La Liga haqida o'ylashimiz zarur.
Albatta, hech bir jamoa, hech qaysi futbolchi mag'lubiyatdan mamnun bo'lmaydi. Ammo biz shundoq ham turnirda uzoq yo'lni bosib o'tdik. Yarim finalda to'xtash og'ir, lekin ertaga biz mehnatga tayyor holda mashg'ulotda jam bo'lamiz", - dedi Zinedin Zidan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar