Zinedin Zidan Barselonadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
30 iyu 2017 09:57
Yangiliklar
Zinedin Zidan Barselonadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Real ustozi Zinedin Zidan International Champions Cup doirasidagi Barselonaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Biz o'yin boshida ikkita gol o'tkazib yubordik. Keyin vaziyatlar yaratdik, ammo umumiy olganda yaxshi o'ynadik deya olmayman.
Barselona bilan bir necha kundan so'ng yana o'ynaymiz. Bugun ko'p yakkakurashlarda yutqazdik, bu bizga xos emas.
Bunday natijalar kutmagandik, ammo hozir mavsumga tayyorgarlik. Asosiysi – 8 avgustga (Evropa Superkubogi uchun MYUga qarshi o'yin) tayyor bo'lishimiz. Ijobiy va salbiy jihatlarni ko'rdim, tayyorgarlikni davom ettiramiz.
Mag'lubiyatlar meni tashvishga solmayapti. Ha, mag'lub bo'lish doim yoqimsiz, ammo hali mavsum boshlanmadi. Biz yanada yaxshiroq o'ynashimiz darkor, - deydi Zidan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar