

"Nima ham derdim. Hammasi ko'rinib turibdi. Biz o'sishimiz kerak. Ha, jismoniy holat haqida gapirish mumkin, ammo hammasidan oldin Ispaniya umuman boshqa darajada o'ynaganini va biz ham shunday futbolga intilishimiz kerakligini aytmoqchiman. Biz ham bosim qilishni, birinchi raqam bo'lib o'ynashni xohlaymiz.
Shunday ekan, biz juda ko'p mehnat qilishimiz kerak. Bu Yevropa chempionatida emas, hozir bo'lgani yaxshi bo'ldi. O'yinni tahlil qilamiz, shundan so'ng ishlaymiz va o'yinimizni yaxshilaymiz", - deydi Zinchenko.
Eslatib o'tamiz, Millatlar Ligasi 1-tur doirasida Shveytsariyani yutgan Ukraina Ispaniyadan javobsiz 4ta to'p qabul qilib oldi. O'z o'rnida Germaniya Shveytsariya (1:1)ni yuta olmadi.



