Zinchenko "Tottenxem"ga qarshi CHLning javob bahsida o'ynamaydi
16 apr 2019 18:30
Yangiliklar


Zinchenko "Tottenxem"ga qarshi CHLning javob bahsida o'ynamaydi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi CHempionlar ligasi javob o'yinidan oldin jamoadagi jarohatlanganlar holati haqida malumot berdi.
"Zinchenko bugun mashg'ulotda qatnashmaydi. Qolganlar safga qaytishgan, tiklanish yaxshi davom etmoqda. Fernandino shug'ullana boshladi. Aguero tayyor, biroq unga formani tiklab olish uchun biroz vaqt kerak" - deydi Gvardiola.
"Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvi ertaga, 17 aprel kuni bo'lib o'tadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 1:0 hisobida "shporlar" g'alabasi bilan yakunlangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar