So’nggi yangiliklar

22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  0 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  0 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  2 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  6 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  4 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  5 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  9 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  13

Zidan – Lopetegi to'qnashuvi, Kike Setenning debyuti. Ispaniya La ligasining 20-tur prevyusi Yangiliklar

Zidan – Lopetegi to'qnashuvi, Kike Setenning debyuti. Ispaniya La ligasining 20-tur prevyusi

Bugun Ispaniya chempionatida ikkinchi davra o'yinlari boshlanadi.

20-turning markaziy uchrashuvi “Real Madrid” hamda “Sevilya” o'rtasida kechadi. SHuningdek, oldinda bizni bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutyapti. Biz esa sizlarga bahslar oldidan kichik anonslarni havola etamiz.


17.01  01:00 (Toshkent vaqti) “Leganes” – “Xetafe”

Mezbon jamoa “Leganes” Ispaniya chempionatidagi oxirgi 4 turda mag'lubiyatga uchramadi (2 g'alaba, 2 durang). SHunga qaramay jamoa 14 ochko bilan hamon so'nggi o'rinlarda. “Xetafe” esa, oxirgi 2 turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Lekin bundan oldingi 7 uchrashuvda Pepe Bordalas shogirdlari mag'lubiyatga uchrashmagan (5 g'alaba, 2 durang). Jamoani Evropa Ligasiga yo'llanma beruvchi zonadan bor yo'g'i 1 ochko ajratib turibdi. 


O'yinga oid faktlar:

-    Jamoalarning birinchi davradagi o'yin 2-0 hisobida “Xetafe” foydasiga hal bo'lgan. “Kolizey Alfonso Peres” stadionida bo'lib o'tgan bahsda 64- va 84-daqiqalarda hujumchi Rodriges Anxel ikkita gol urgan.

-    “Leganes” hujumchisi Martin Braytvayte Ispaniya chempionatining so'nggi 3 o'yinida gol urdi.


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Dimitros Siovas, Aleksandr SHimanovski (“Leganes”), Anxel Rodriges, Filip Manoylovich (“Xetafe”)

So'roq ostida: Robert Kenedi (“Xetafe”)


18.01  17:00 (Toshkent vaqti) “Levante” – “Alaves”

“Levante” 19-turdan so'ng 26 ochkoga ega. So'nggi marta jamoa 2012/13 yilgi mavsumda birinchi davradan so'ng 26 ochkodan ko'proq ochkolarga ega bo'lgan (30 ochko). Paulo Lopez shogirdlari bu mavsumda boshqa jamoalarga qaraganda kamroq during natija qayd etishgan – 2 marta. “Alaves” jamoasi o'tgan turda “Betis” bilan durangdan so'ng La ligadagi mag'lubiyatsiz g'alabasini 5 taga etkazdi. 


O'yinga oid faktlar:

-    “Levante” hujumchisi Rojer Marti Ispaniya chempionatining so'nggi 6 o'yinida 6 ta to'p kiritdi.


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Oer Olasabal, Ivan Lopes, Rober Per (“Levante”), Tomas Pina (“Alaves”)

So'roq ostida: Xorxe Miramon, Ruben Vezu (“Levante”), 


18.01  20:00 (Toshkent vaqti) “Real Madrid” – “Sevilya”      

Turning markaziy uchrashuvi deya etirof etilayotgan o'yinda Madridliklarning sobiq ustozi Zidan – Xulen Lopetegiga qarshi. “Real” so'nggi turda g'alabaga erishib mag'lubiyatsiz seriyani 10 taga etkazib oldi. “Sevilya” esa oxirgi 11 turda atigi 1 marta mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Natijalar o'xshash, turnir jadvalida ham jamolarning 5 ochko ajratib turibdi. “Sevilya” chempionatda faqat “Barselona” bilan mehmondagi o'yinda autsayder sanalgan va o'shanda bahs Kataloniyaliklar foydasiga yakunlangandi 4:0. “Real” esa o'z uyida ancha xotirjam, 6 g'alaba, 3 durang.  


O'yinga oid faktlar:

-    “Real” so'nggi 7 o'yinning 5 tasida dastlabki 45 daqiqada g'alaba qozona olmadi. “Sevilya” esa birinchi davradagi 19 o'yinning 16 tasida birinchi bo'limni boy bermadi (7 g'alaba, 9 durang).

-    “Sevilya” hujumchisi Lyuk de Yong joriy chempionatning 16 o'yinida qatnashgan, 14 tasida gol ura olmagan.

 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Serxio Ramos, Eden Azar, Marko Asensio (“Real Madrid”)

So'roq ostida: Karim Benzema, Garet Beyl (“Real Madrid”)

 

18.01  22:30 (Toshkent vaqti) “Osasuna” – “Valyadolid”

“Osasuna” Ispaniya chempionatining so'nggi 4 turida g'alaba qozona olmadi. “Valyadolid”ning g'alabasiz seriyasi 7 taga etgan. Ikkala jamoa ham turnir jadvali pastida. Pamplona jamoasi Serxio Gonsales shogirlaridan 3 ochko ortda. 


O'yinga oid faktlar:

-    “Osasuna” chempionatdagi so'nggi 8 ta uy o'yinlarining 7 tasida kamida 1 ta gol o'tkazib yuborgan. 

-     “Osasuna” joriy chempionatdagi gollarining 73 foizini 2-bo'limda kiritdi. 


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Antonio Larorre (“Osasuna”), 

So'roq ostida: Ruben Martines, Raul Navas, Kike Barxa (“Osasuna”), Nacho Martines, Xavi Sanches, Stiven Plaza (“Valyodalid”)


18.01  01:00 (Toshkent vaqti) “Eybar” – “Atletiko Madrid”

Ispaniya chempionatida shanbaning oxirgi o'yinida Madridliklar “Eybar” ga qarshi maydonda saf tortishadi. “Eybar” jamoasi 19 ta o'yindan so'ng 19 ochkoga teng. “Atletiko” esa birinchi davradan keyin 35 ochko to'plagan. Bu natija bilan Madridliklar 2016/17 yilgi mavsumdagi natijasini takrorladi. “Eybar” himoya chizig'ining muhim o'yinchisi Paulo Oliveyra diskvalifikaciya sabab o'yinda qatnashmaydi.


O'yinga oid faktlar:

-    “Atletiko” chempionatdagi 9 ta uchrashuvning 7 tasida 1 tadan ko'p gol o'tkazmagan.

-    Madridliklar hujumchisi Alvaro Morata La Ligadagi so'nggi 10 ta o'yinda 6 ta gol urdi.


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Koke, Toma Lemar, Xose Marsiya Ximenes, Diego Kosta, German Valera, Dario Poveda (barchasi “Atletiko M”).

So'roq ostida: Gonsalo Eskalante, Pape Diop, Kike Garsiya, Anayts Arbiya, Ivan Ramis (“Eybar”), Felipe, SHime Vrsalko (“Atletiko”). 


19.01  16:00 (Toshkent vaqti) “Malorka” – “Valensiya”

La Ligadagi yakshanbaning ilk o'yini “Malorka” va “Valensiya” jamoalari o'rtasida o'tadi. “Malorka” oxirgi uchrashuvdan so'ng mag'lubiyatli seriyasini 6 taga uzaytirdi (1 durang, 5 mag'lubiyat). “Valensiya” esa so'nggi 5 o'yinda yutqazmayapti. Visente Moreno shogirdlari 15 ochko bilan 18-o'rinda, Albert Selades jamoasi esa 31 ochko bilan 6-o'rinda joylashgan. “Valensiya”ning ikki asosiy 

futbolchisi Ferran Torres va Rodrigo bo'lajak o'yinda ishtirok etmaydi.


O'yinga oid faktlar:

-    “Malorka” chempionatdagi so'nggi 9 uchrashuvning 7 tasida 2 tadan ortiq to'p kiritgan.

-    “Malorka” hujumchisi Ante Budimir La Ligadagi so'nggi 3 o'yinda 3 ta gol muallifi bo'lgan.


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ferran Torres, Rodrigo, Gonsalu Gedesh, Kristiano Pichchini (“Valensiya”). 

So'roq ostida: Joan Saster, Xosep Sene, Yannis Salibur (“Malorka”), Manu Valexo (“Valensiya”).


19.01  18:00 (Toshkent vaqti) “Betis” – “Real Sosedad”

Kunning ikkinchi o'yinida “Real Sosedad” “Betis” mehmoni bo'ladi. La Ligada birinchi davradan so'ng San-Sebastyan klubi Rubin shogirdlaridan 7 ochko oldinda. “Real Sosedad” 5-o'rinda bo'lsa, “Betis” 13-pog'onada joylashgan. Bo'lajak o'yinda aniq favorit yo'q. 


O'yinga oid faktlar:

-    “Betis” o'z uyida bu mavsumda 10 ta o'yin o'tkazdi (17 ta gol urgan, 14 ta gol o'tkazib yuborgan. 

-    “Real Sosedad” bu mavsum mehmondagi uchrashuvlarda 15 ta gol urgan bo'lsa, 14 ta to'p o'tkazib yuborgan.


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Alfonso Pedraza, Xuanmi (“Betis”), Nacho Monreal, David Surutusa (“Real Sosedad”).

So'roq ostida: Villiyam Karvalyu, Francis Gerrero (“Betis”), Martin Edegor, Arits Elustondo (“Real Sosedad”).


19.01  20:00 (Toshkent vaqti) “Vilyarreal” – “Espanol”

Kataloniyaliklar “Vilyarreal” maydoniga safar qilishadi. “Vilyarreal” jamoasi chempionatning oxirgi 4 turida yutqazmayapti. Xaver Kalleya shogirdlari so'nggi 4 o'yinning 3 tasida g'alabaga erishib, 28 ochko bilan turnir jadvalining 9-o'rinida. “Espanol” esa muvaffaqiyatsiz natijalar sabab Pablo Machin bilan xayrlashdi. Uning o'rniga Abelardo Fernandes keldi. Oxirgi tur yangi mutaxassis uchun debyut bo'ldi va unda “Barselona” bilan during o'ynadi (2:2). 


O'yinga oid faktlar:

-    “Espanol” joriy chempionatda 8 ta o'yinning 6 tasida birinchi bo'limda gol urdi. 

-    “Vilyarreal” hujumchisi Jerar Moreno bu mavsumda chempionatda 19 ta o'yinda maydonga tushib 8 ta gol urdi.


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Bruno Soriano (“Vilyarreal”), Sebasten Korshya (“Espanol”).

So'roq ostida: Raul Albiol, Santyago Kaseres (“Vilyarreal”), Viktor Sanches, Pablo Pyati (“Espanol”).


19.01  22:30 (Toshkent vaqti) “Atletik Bilbao” – “Selta”

20-turda “Selta” Bilbaoga safar qiladi. “Atletik” chempionatning 4 o'yinida g'alaba qozona olmadi (3 durang, 1 mag'lubiyat). “Selta”ning mag'lubiyatsiz seriyasi 5 taga etgan (3 durang, 2 mag'lubiyat). Oskar Garsiya shogirdlari 17-pog'onada, “xavfli zona” bilan 4 ochko farq qilmoqda.


O'yinga oid faktlar:

-    “Atletik” bu mavsumda bitta uy o'yinida yutqazmadi. 

-    “Selta” hujumchisi Iago Aspas La Liganing so'nggi 9 o'yinida, 6 ta gol urdi.


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Unai Simon, Oskar de-Markos (“Atletik”), Nestor Arauxo, David Junuka, Ivan Vilyar (“Selta”).

So'roq ostida: Aris Aduris (“Atletik”), Xorxe Saents (“Selta”).


19.01  01:00 (Toshkent vaqti) “Barselona” – “Granada”

Ispaniyada 20-turning so'nggi uchrashuvi “Kamp Nou”da kechadi. Unda peshqadam “Barselona” turnir jadvalida 10-pog'onada joylashgan “Granada”ga qarshi bahs olib boradi. Ernesto Valverdenining o'rniga kelgan Kike Setenning jamoadagi ilk o'yini. “Barselona” ketma-ket 8 turda mag'lubiyatga uchramadi (5 g'alaba, 3 durang). “Granada” esa so'nggi 9 turda 2 marta g'alaba qozongan, 1 marta durang o'ynagan va yana 6 o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.

O'yinga oid faktlar:

-    “Barselona” chempionatdagi so'nggi 8 o'yinning 7 tasida birinchi bo'limda 1 tadan ko'proq gol urdi.

-    Lionel Messi La Ligada oxirgi 14 ta o'yinda 13 ta to'p kiritdi. 


Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Luis Suares, Usman Dembele (“Barselona”), Anxel Montoro, Kini, Federiko, Neyder Losano (“Granada”).

So'roq ostida: Artur Melo (“Barselona”), Yanxel Errera Yan Bris Eteki, Aaron Eskandel (“Granada”) .


Og'abek Samisov tayyorladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика