Zidan: "Yana Ronaldu, Benzema va Beyl birga o'ynayotganini ko'rmoqchiman"
27 noy 2017 18:16
Yangiliklar
Zidan: "Yana Ronaldu, Benzema va Beyl birga o'ynayotganini ko'rmoqchiman"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Fuenlabrada"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/16 final uchrashuvidan oldin Garet Beylning holati haqida gapirib berdi.
"Birinchi o'yin juda yaxshi o'tdi, endi boshlangan narsani yakunlab qo'yish kerak. Ertaga Beyl biz bilan bo'ladi va maydonga tushishi kerak. Uni tezroq 100% tayer ko'rmoqchiman, ammo bu qachon sodir bo'lishini bilmayman. U ertaga qancha o'ynashini oldindan aytib bera olmayman.
Uelslik qaytganidan so'ng taktika o'zgaradimi, yo'qmi, hozir aytolmayman. Yana Ronaldu, Benzema va Beyl birga o'ynayotganini ko'rmoqchiman" - deydi Zidan.
"Real" - "Fuenlabrada" uchrashuvi 28 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar