Zidan: "Shunday taassurot uyg'onadiki, xuddi Ramos to'pni masofadan boshqarayotganday"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2016, 10:47
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa himoyachisi Serxio Ramosni xavfsizlantirish mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Unga alohida futbolchi biriktirib qo'yish mumkin, ammo Serxio - aqlli futbolchi. U maydonda yaxshi harakatlanadi va shunday taassurot uyg'onadiki, xuddi Ramos to'pni masofadan boshqarayotganday. U doimo to'p bor joyda paydo bo'ladi. Ramosni to'liq xavfsizlantirishning iloji yo'q" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca