Zidan: "Ronaldu vaqti-vaqti bilan dam olib turish kerakligini biladi"
27 fev 2018 11:42
Yangiliklar
Zidan: "Ronaldu vaqti-vaqti bilan dam olib turish kerakligini biladi"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirib o'tdi.
Francuz mutaxassisi 33 yoshli o'yinchiga bazida dam olish kerak deb hisoblaydi.
"Men Ronaldu hozir eng yuqori formasida bo'lishini rejalashtirganmidim? Biroz. Krishtianu o'zini yaxshi biladi va biz tez-tez suhbatlashib turamiz. Biz uchun u kerakli darajada bo'lishi muhim. Ronaldu vaqti-vaqti bilan dam olib turish kerakligini biladi. Mavsum uzoq. Bundan tashqari, u Jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Futbolchilar mundial haqida o'ylashadi", - dedi Zidan.
Fikrlar