Zidan navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
13 may 2019 07:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/495268_original.jpg)
![](/upload/storage/495268_220.jpg)
Zidan navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
“Real M” kecha Ispaniya chempionatining 37-turida “Real Sosedad”ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bellashuvdan so'ng Zinedin Zidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yaxshi o'yin ko'rsatib, mag'lubiyatga uchraganimiz afsuslanarli. Biz hattoki kamchilik bo'lib qolgan holatdan keyin ham (39-daqiqda Xesus Valexo chetlatildi) xavfli vaziyatlar yarata oldik. Asosiysi bu o'yin ortda qoldi. Marseloning kelajagi? U jamoa uchun muhim o'yinchi. Men Marseloning eng yaxshi “versiya”sini yana maydonda ko'rishni istayman. Sekin-asta u yana o'zini ko'rsatadi. Braim Dias — qiziqarli yosh o'yinchi. Ko'ramiz, kelasi mavsumda u bilan nima bo'lar ekan. BU esa u maydonga tushdi va juda yaxshi o'ynadi”,—deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar