Zidan navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

13 may 2019, 07:59
“Real M” kecha Ispaniya chempionatining 37-turida “Real Sosedad”ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bellashuvdan so'ng Zinedin Zidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Yaxshi o'yin ko'rsatib, mag'lubiyatga uchraganimiz afsuslanarli. Biz hattoki kamchilik bo'lib qolgan holatdan keyin ham (39-daqiqda Xesus Valexo chetlatildi) xavfli vaziyatlar yarata oldik. Asosiysi bu o'yin ortda qoldi. Marseloning kelajagi? U jamoa uchun muhim o'yinchi. Men Marseloning eng yaxshi “versiya”sini yana maydonda ko'rishni istayman. Sekin-asta u yana o'zini ko'rsatadi. Braim Dias - qiziqarli yosh o'yinchi. Ko'ramiz, kelasi mavsumda u bilan nima bo'lar ekan. BU esa u maydonga tushdi va juda yaxshi o'ynadi”,-deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: As