So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Zidan: “Nafaqaga chiqqanimda Ronaldu, Beyl, Ramos va Kroosga mashg'ulot o'tkazganim haqida barchaga gapirib beraman” Yangiliklar

Zidan: “Nafaqaga chiqqanimda Ronaldu, Beyl, Ramos va Kroosga mashg'ulot o'tkazganim haqida barchaga gapirib beraman”

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos haqida ijobiy fikrlar bildirib o'tdi.

“U shu darajada mahoratliki, yarim himoyaning istalgan nuqtasida to'p tepa oladi. Uni maydonga tushirishning o'zi kifoya,  har qanday holatdayam o'z o'yinini ko'rsata oladi.

Xotirjamlik-uning eng asosiy sifatlaridan biri. U umuman asabiylashmaydi, darvozaga zarba berish uchun yaxshi imkoniyatlarni topadi. Ammo u ko'proq jamoadoshlariga to'pni zargarona etkazib berishni yaxshi ko'radi. 

Toni har ikkala oyoqda ham bir xil to'p bilan muomala qilishi meni hayratlantiradi. “Tug'ma chapaqaymikin” deb o'ylab qolasan kishi. 

Toni unchalik ham ko'p gapirmaydi. U og'ir, bosiq inson. Ammo kerakli vaqt o'z fikrini barchaga - murabbylarga, menjerlarga, hamkasblariga bildira oladi.. Men ko'plab muhokamlarga guvoh bo'lganman, unda ham Kroosning fikrlari muhim ahamiyat kasb etgan. Toni maydonda tug'ma etakchi. Uni kelajakda o'z poziciyasida tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida eslashlariga shubham yo'q.

Men “Real”ga endi kelganimda Kroosdek futbolchiga murabbiylik qilishmdan xursand edim. Bu ayni haqiqat. Qachondir nafaqaga chiqqanimda barchaga Krishtianu, Byel, Modrich, Ramos singari futbolchilarni shug'ullantirganimni aytib yuraman. SHuningdek, Kroosga ham ustozlik qilganimni faxr bilan eslayman. U shunchaki professional”, dedi Zidan Real France portaliga bergan intervyusida.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика