Zidan - mag'lubiyat haqida: "Atigi 3 ochko yo'qotdik"
18 okt 2020 00:45
Yangiliklar


Zidan - mag'lubiyat haqida: "Atigi 3 ochko yo'qotdik"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 6-turida "Kadis"ga (0:1) uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
– Raqibda xohish kuchliroq edi. Bizda hech qanday bahona yo'q, yomon o'ynadik. "Kadis"ni tabriklashimiz kerak. Futbolda shunaqasi bo'lib turadi. O'yin biz uchun qiyin boshlandi, raqiblar birinchi taymda 2-3 ta gol ursa ham, hech narsa o'zgarmasdi. Hech qanday baholarimiz yo'q.
– Ramosning jarohati haqida nima deya olasiz?
– Yoqimsiz voqea. Ko'ramiz, uning holatini o'rganishimiz kerak.
– Bu sizning eng yomon o'yiningizmi?
– Biz atigi 3 ochko yo'qotdik. Bu juda muhim 3 ta ochko, bundan boshqa narsa emas. Endi keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlashimiz kerak, – deydi franciyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar