Zidan - jurnalistga: "Yur, kamerasiz gaplashib olamiz"
14 iyu 2021 13:43
Yangiliklar
Zidan - jurnalistga: "Yur, kamerasiz gaplashib olamiz"
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha Segunda pley-offi doirasidagi "Rayo Valekano" va "Jirona" (1:2) o'yiniga tashrif buyurdi.
"Rayo"da franciyalik mutaxassisning o'g'li Lyuka Zidan o'ynaydi.
O'yindan so'ng Zidanga GOL jurnalisti Serjio Kirante yuzlandi. U francuzga "Real"dan ketishi va klubni qo'llab-quvvatlamagan ochiq xati yuzadigan savol berdi.
Zidan avvaliga jurnalistga etibor qilmay yo'lida davom etdi, ammo keyin javob berdi: "Sen huddi o'sha ahmoqona savollaringni bermoqchimisan? Sening ishing - bu sharmandalik.
Men seni, sen esa meni bilasan. Siz bilan doim shu narsa sodir bo'ladi. Yur, kamerasiz gaplashib olamiz", - dedi Zidan.
Fikrlar