Zidan "Atalanta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng qanday fikrda?
25 fev 2021 07:12
Yangiliklar


Zidan "Atalanta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng qanday fikrda?
"O'yin qiyin o'tdi, ammo yakuniy natija ijobiy bo'ldi va bu eng muhimi. Biz gol ura oldik, biroq oldinda javob o'yini bor. O'sha o'yinda ham g'alaba qozonishimiz lozim.
11 futbolchi bilan 10 kishiga qarshi o'yinimiz yaxshi chiqqani yo'q, bizga jismonan kuchli jamoa qarshilik ko'rsatdi. Himoyada ular yaxshi o'ynashdi, shuning uchun natijani biz uchun ham yaxshi deya olaman.
Biz to'p kiritdik va o'tkazib yubormadik. Yo'qotishlarimiz ko'p, ammo o'z ishimizni bajarishda davom etamiz. Himoyada yaxshi harakat qilyapmiz. Gol o'tkazib yubormadik va to'p kiritdik.
CHetlatish? Bu qay darajada keskin qaror ekanligini bilmayman. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish eta olmadik, ammo asosiysi - g'alaba. Javob o'yini ham borligini hisobga olsak, gol urishimiz mumkin edi", - dedi Zidan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar