So’nggi yangiliklar

10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  0 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  2

Jurnalistlar diqqatiga: Bundan buyon "Lokomotiv"ning uy uchrashuvlariga MEDIA TICKET beriladi Yangiliklar

Jurnalistlar diqqatiga: Bundan buyon "Lokomotiv"ning uy uchrashuvlariga MEDIA TICKET beriladi

Toshkent, 19 aprel - Professionallik sari intilayotgan "Lokomotiv" futbol klubi futbol sohasida faoliyat olib borayotgan OAV xodimlarini hurmat qiladi va ularning mehnatini qadrlaydi.
Hozirgi zamon futbolini OAVsiz tasavvur qilishning umuman imkoni yo'q. Bugungi kunda tezkor axborot birlamchi bo'lib qoldi. Buning uchun jon koyitib o'zbek futboli rivoji yo'lida samarali mehnat qilayotgan jurnalistlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

"Lokomotiv" futbol klubi uy uchrashuvlarimizga kelib jamoamiz o'yinini yoritib borayotgan jurnalistlarga yana bir qulaylik yaratib beradi. Bundan buyon "Lokomotiv"ning uy uchrashuvlariga tashrif buyuradigan har bir jurnalistga bittadan "Media ticket" (Matbuot chiptasi) tarqatiladi. "Media ticket" jurnalistga o'yin payti bemalol Media tribunada o'tirib ishlash hamda o'yindan keyingi matbuot anjumaniga kirish huquqini beradi.

To'g'ri, yil boshida OAV xodimlari tegishli joylardan Osiyo chempionlar ligasi hamda O'zbekiston ichki musobaqalari uchun maxsus beyjiklarni olishgan, biroq O'zbekiston Respublikasi IIV qaroriga muvofiq jamoat tadbirlarida chipta sotilishi shart va barcha bunday tadbirlarga, xususan futbol musobaqalariga ham chipta bilan kirishi kerak.

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" bahsida bir hamkasbimiz bilan shunday muammo yuzaga keldi va oxir-oqibat chipta olib stadionga kirishga majbur bo'ldi. Biz keyingi o'yinlarda yana shunday muammo yuzaga kelmasligi uchun "Lokomotiv"ning uy uchrashuvlariga tashrif buyuradigan jurnalistlarga "Media ticket" tarqatamiz. Agar qo'lingizda beyjik bo'lsa-yu, ammo "Media ticket" bo'lmasa shunda ham stadionga kirishingiz mumkin, lekin bu Media tribunada o'tirib ishlash imkonini bermaydi. (Qolaversa, stadionimizda OAV xodimlari uchun ajratilgan joy unchalik ko'p emas).

"Media ticket"ni olish tartibi quyidagicha: Buning uchun siz ushbu elektron pochtaga (lokomotiv.media@mail.ru) ism-sharifingiz hamda ish joyingizni yozib yuborishingiz lozim bo'ladi. Elektron pochtaga xat yuborgan OAV xodimi "Lokomotiv"ning uy uchrashuvlariga kelib ishlash uchun tasdiqdan o'tgan hisoblanadi hamda unga "Media ticket" (Matbuot chiptasi) beriladi. "Media ticket" o'z egalariga o'yin kuni taqdim etiladi.

Elektron manzilimiz: lokomotiv.media@mail.ru

Elektron pochtaga xat yuborgan OAV xodimlari ro'yxati o'yin kuni stadionga kiraverishdagi nazoratchi qo'lida bo'ladi. Ro'yxatda ism-familiyasi borlar bemalol "Media ticket" (Matbuot chiptasi)ni olib media tribunada o'tirishlari mumkin.

Izoh: "Lokomotiv" futbol klubi muhri tushirilgan "Media ticket" (Matbuot chiptasi)gina haqiqiy hisoblanadi.


"Lokomotiv" futbol klubi matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика