Joze Mourinyu: "Liverpul" gol kiritishga munosib o'yin ko'rsatmagandi"
30 dek 2013 12:44
Yangiliklar


Joze Mourinyu: "Liverpul" gol kiritishga munosib o'yin ko'rsatmagandi"
"CHelsi"ning portugaliyalik bosh murabbiyi Joze Mourino APL 19-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashib, "qizillar" o'yin avvalidayoqq gol urgan bo'lsalarda, bunga munosib o'yin ko'rsatishmaganini takidladi.
"Biz haqli ravishda g'alaba qozondik. "Liverpul" esa gol urishga munosib o'yin ko'rsatmagandi. Bu shunchaki tasofdifan yuzaga kelgan vaziyat natijasida ro'y berdi. Mening yigitlarim esa tezda o'ziga kelib olib, ularga qanday o'rgantgan bo'lsam, raqibga shunday javob berishdi. Birinchi bo'limda tartibli va kuchli futbol ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda esa qarshi xujumlarda aniq harakat qildik. Eto`O, Azar va Torres hisobni yiriklashtirishlari ham mumkin edi. Biroq buning uddasidan chiqishmadi. O'yin ohirida esa biroz asabiylashishimizga to'g'ri keldi", dedi Joze.

Fikrlar