So’nggi yangiliklar

01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  92 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  6 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  12 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7

Jo'ra Xonnazarov xalqaro turniri. “Qaldirg'ochlar” yirik g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

Jo'ra Xonnazarov xalqaro turniri. “Qaldirg'ochlar” yirik g'alaba bilan boshlashdi

Kuni kecha 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida Jo'ra Xonnazarov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir start oldi.
22-26 iyun kunlari davom etadigan musobaqada jami 12ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda kuch sinashishadi. Mazkur turnirda “qaldirg'ochlar” “A” guruhidan o'rin egallashgan. Har bir guruhda uchtadan jamoa borligi uchun “Bunyodkor-2001” ikkinchi kunga kelib, o'zining birinchi o'yinini o'tkazdi.

1-tur uchrashuvida Murod Otajonov shogirdlari “CHirchiq” bilan kuch sinashdi. Bellashuvda bunyodkorchilar to'liq ustunlikka erishishdi. O'yinning 2-daqiqasidayoq chirchiqliklar himoyachisi va darvozaboni bir-birini tushunmasligi natijasida hisob ochildi – 1:0. Bellashuvning dastlabki daqiqalaridan gol o'tkazib yuborgan “CHirchiq” qolgan vaqt davomida o'zini o'nglay olmay, palata-partishlikka yuz tutdi. Garchi Toshkent viloyati vakillari himoyaviy o'yinga o'tib olgan bo'lishsa-da, “qaldirg'ochlar” birinchi bo'lim yakunlangunga qadar yana 3ta gol urishdi.

Ikkinchi taymda chirchiqliklar tashabbusni o'z tomonlariga og'dirishga harakat qilib ko'rishdi. Ammo bu urunish 5 daqiqa davom etdi xolos. Qolgan vaqt mobaynida 14 yoshli bunyodkorchilar yana 4 marta raqib darvozabonini ranjitishdi. SHu tariqa, “qaldirg'ochlar” yirik – 9:0 hisobda turnirni g'alaba bilan boshlashdi.

Gol mualliflari: Sanjar Abduraimov, Ibrohim Ibroximov, Humoyun Islomov 2ta, Mahdi Abduraimov, Jasur Holdorov, Islom Abdujabborov 2ta, Zokir Hasanov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика