Jonas Portugaliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
05 iyu 2015 16:41
Yangiliklar


Jonas Portugaliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Benfika" hujumchisi Jonas Portugaliyada 2014/15 mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomini qo'lga kiritdi.
"Juda ham xursandman. Ovoz berganlarga rahmat. Hech kim bir o'zi o'yinlarda g'alaba qozona olmaydi va jamoa hammasidan ustun! Barcha jamoadoshlarimga va "Benfika" rahbariyatiga rahmat" - deydi Jonas.
Yilning eng yaxshi murabbiyi nomi Jorje Jezushga ("Benfika") nasib etdi. "Benfika" darvozaboni Julio Sezar esa mavsumning eng yaxshi darvozaboni nomini qo'lga kiritdi. Yil kashfiyoti - Oliver Torres ("Portu").

Fikrlar