Jo Xart: "Roma" so'nggi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda"
30 sen 2014 00:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146217_original.jpg)
![](/upload/storage/146217_220.jpg)
Jo Xart: "Roma" so'nggi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda"
"Manchester Siti" darvozaboni Jo Xart "Roma"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Har yili qo'ra bizga kuchli raqiblarni taklif qilib keadi. CHempionlar ligasi o'yinlari kuni hammasi o'zgacha bo'ladi. O'Z muxlislarimiz ko'z oldida g'alaba qozonishimiz kerak. "Roma" bilan bo'ladigan o'yinda Eshli Koul bilan uchrashamiz. Angliya terma jamoasi tarkibida birga to'p tepganmiz. Men undan Italiyadagi faoliyati haqida so'ramoqchiman. Garchi birinchi turda "Bavariya"ga yutqazgan bo'lsakda, lekin o'yinda tengma-teng kurashdik. Faqatgina so'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib yubordik. "Roma" bilan uchrashuv so'nggiga qadar kurashishimiz talab etiladi. Guruh bosqichida bitta o'yinda yutqazish bu hech narsa emas. Pley-offda bunday xatoga yo'l qo'ymasak bo'lgani. Hali hammasini tuzatish uchun vaqt etarli. "Roma" so'nggi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Biz ularni o'yinlarini yaxshilab o'rganib chiqdik. Bu turnirda g'alaba shunchaki qo'lga kiritilmaydi. Lekin biz har bir o'yinda yutuq uchun kurashamiz.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar