Jizzaxdagi yangi stadion ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bosh kotibi ishtirok etadi
26 iyu 2015 11:33
Yangiliklar


Jizzaxdagi yangi stadion ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bosh kotibi ishtirok etadi
Jizzax shahrida bugun - 26 iyunda “Sug'diyona” futbol klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan yangi stadion foydalanishga topshiriladi.
2013 yilda qurilish ishlari boshlangan “Sug'diyona” sport majemuasi hozirgi vaqtda to'liq tayyor holga keltirilgan. Bugun ushbu majmuadagi yangi stadionda Oliy liga 14-tur doirasidagi “Sug'diyona” – “Qo'qon-1912” o'yini bo'lib o'tadi.
Takidlash kerakki, ushbu o'yingoh o'z bag'riga 11 650 muxlisni sig'dira oladi.
“Sug'diyona” sport majmuasining tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev hamda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farhod Magometov ishtirok etishadi.

Fikrlar