Jizzaxdagi yangi stadion ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2015, 11:33
Jizzax shahrida bugun - 26 iyunda “Sug'diyona” futbol klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan yangi stadion foydalanishga topshiriladi.

2013 yilda qurilish ishlari boshlangan “Sug'diyona” sport majemuasi hozirgi vaqtda to'liq tayyor holga keltirilgan. Bugun ushbu majmuadagi yangi stadionda Oliy liga 14-tur doirasidagi “Sug'diyona” – “Qo'qon-1912” o'yini bo'lib o'tadi.

Takidlash kerakki, ushbu o'yingoh o'z bag'riga 11 650 muxlisni sig'dira oladi.

“Sug'diyona” sport majmuasining tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev hamda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farhod Magometov ishtirok etishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com