Jilardino “Toronto”ga o'tishga rozi bo'ldi
27 noy 2013 11:16
Yangiliklar


Jilardino “Toronto”ga o'tishga rozi bo'ldi
“Jenoa” klubi hujumchisi Alberto Jilardino, kelasi mavsumdan faoliyatini MLSning “Toronto” klubida davom ettiradi.
31 yoshli italiyalik futbolchi, “Toronto” taklif etgan uch yillik shartnomaga va yiliga 4 million evro maoshga rozilik bergan.
Avval berilgan xabarlarda, “Jenoa” futbolchi bo'yicha, Kanada klublaridan tushgan 6 million evrolik transfer taklifiga rozi bo'lganligi aytib o'tilgan edi.
Ushbu mavsumda Jilardino A seriyasining 13 ta o'yinida 6ta gol urishga erishgan.

Fikrlar