Jeparov jamoasida mag'lubiyat, o'zi 49 daqiqa o'ynadi
03 iyu 2015 18:57
Yangiliklar


Jeparov jamoasida mag'lubiyat, o'zi 49 daqiqa o'ynadi
Janubiy Koreya K-ligasida 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Hozirgina terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Ulsan Xyunday” klubi ishtirokidagi o'yin yakuniga etdi.
Autsayderlardan biri “Busan I Park” klubi mehmoni bo'lgan “Ulsan” 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.Bu
ulsanliklarning mavsumdagi to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi. O'yindagi yagona
gol 20-daqiqada Veslley tomonidan kiritildi. Boshlang'ich tarkibda maydonga
tushirilgan Jeparov 49-daqiqada o'z o'rnini SHin-Vuk Kimga bo'shatib berdi.
14-turdan so'ng “Ulsan Xyunday” 16 ochko bilan 12 klub orasida 9-o'rinni
egallab turibdi.

Fikrlar