Jeparov jamoasida mag'lubiyat, o'zi 49 daqiqa o'ynadi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2015, 18:57
Janubiy Koreya K-ligasida 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Hozirgina terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Ulsan Xyunday” klubi ishtirokidagi o'yin yakuniga etdi.
Autsayderlardan biri “Busan I Park” klubi mehmoni bo'lgan “Ulsan” 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.Bu ulsanliklarning mavsumdagi to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi. O'yindagi yagona gol 20-daqiqada Veslley tomonidan kiritildi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushirilgan Jeparov 49-daqiqada o'z o'rnini Shin-Vuk Kimga bo'shatib berdi. 14-turdan so'ng “Ulsan Xyunday” 16 ochko bilan 12 klub orasida 9-o'rinni egallab turibdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com