Jey Rodriges fevral oyida safga qaytadigan bo'ldi
20 dek 2014 09:29
Yangiliklar

Jey Rodriges fevral oyida safga qaytadigan bo'ldi
"Sautgempton" hujumchisi Jey Rodrigesning safga qaytishi fevral oyiga qadar cho'ziladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, aprel oyida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda 25 yoshli Angliya terma jamoasi azosi tizzasidagi paylarni uzib olgandi. SHu sababli Jey Braziliyadagi Jahon chempionatini o'tkazib yubordi.
Rodrigesning shu yil oxirigacha maydonga qaytishi kutilgandi, biroq tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechgani yo'q. Jey o'tgan oyda tizzasini yana operaciya qildirdi.
"Mavsumoldi yig'inlar vaqtida u dekabr yoki yanvarda qaytishiga umid qilgandik".
"Bunday jiddiy jarohatdan so'ng shoshish shart emas. Unga vaqt kerak. Albatta, bu vaziyatdan juda xafamiz. Biroq yanvar oyi oxiragacha Jey maydonga tusha olmasligi aniq", - deydi "Sautgempton" ustozi Ronald Kuman BBC nashriga.

Fikrlar