Jey-Liga: "Sanfrechche" chempionlik unvonini munosib himoya qildi
07 dek 2013 18:54
Yangiliklar

Jey-Liga: "Sanfrechche" chempionlik unvonini munosib himoya qildi
Bugun Yaponiya Jey-Ligasida so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
O'tgan yilgi chempion "Sanfrechche Xirosima" chempionlik unvonini saqlab qolishni uddaladi.
Lekin mavsum xirosimaliklar uchun oson kechgani yo'q. CHempionlik uchun kurash so'nggi turga qadar davom etdi. So'nggi tur o'yinlariga qadar "Sanfrechche" emas, balki "Yokogama Mariners" jamoasi turnir jadvalida peshqadamlik qilib kelayotgan edi. Ammo oxirgi uchrashuvdagi mag'lubiyat "Yokogama"ni taxtdan ag'darilishi ga olib keldi. "Yokogama" 34-turda "Kavasaki Frontale" jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Xajime Moriyasu shogirdlari esa oxirgi uchrashuvni ko'tarinki ruhda o'tkazishdi va "Kashima Antlers"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. SHu tariqa, 34 uchrashuvda 63 ochko jamg'argan "Sanfrechche" bu mavsumda ham tengsiz ekanini isbotlay oldi. Turnir jadvali ikkinchi pog'onasidan joy olgan "Yokogama" esa chempiondan bir ochko kam to'plagani, diqqatga sazovordir.
Aytib o'tish joizki, "Sanfrechche" uchun chempionlik bu mavsumdagi ikkinchi sovrindir. Xirosimaliklar yil boshida fevral oyida Yaponiya superkubogini ham qo'lga kiritishgan edi.
Yaponiya chempionati musobaqa jadvali

Fikrlar