So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Атлетико" охирги дақиқада гол уриб, ПСЖдан ғалабани юлиб олди. "Арсенал" "Интер"га ютқазди  9 02:55ЕЧЛ. "Барселона" "Црвена Звезда" дарвозасига бешта гол урди, "Бавария" "Бенфика"ни мағлуб қилди ва бошқа натижалар  20 01:00ОЧЛ 2. "Насаф" Голбаннинг хатолари сабаб мағлуб бўлди  1 00:53Рўзиқул Бердиев: "Мағлубиятимизга бир неча сабаблар бор. Плей-оффга чиқиш имкониятларимиз кескин камайиб кетди"  3 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0 23:23ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" "Қувайт СК"ни мағлубиятга учрата олмади. Бу "Насаф"нинг имкониятларини бироз оширди (гуруҳдаги вазият)  12 22:55Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА чорак финалнинг илк баҳсида дуранг қайд этди. Файзуллаев 71, Раҳмоналиев 85 дақиқа ҳаракат қилди  5 22:30Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионатида ойнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  9 21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  8 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  13 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  261 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  9 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  21 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1 19:10Ҳаким Фузайлов: "Мавсум охири бўлишига қарамай, йигитлар охиригача курашишди"  0

JCHga 3 kun qoldi. Janubiy Koreya va Yaponiya – 2002 Yangiliklar

JCHga 3 kun qoldi. Janubiy Koreya va Yaponiya – 2002

1996 yil FIFA hammani hayratga solgan holda JCHni Osiyoga, bo'lib ham ikkita davlatga beradi.
Yil sayin jahon futbolida o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan Ochiyo uchun bu katta imkoniyat edi.

Aynan shu musobaqadan keyin Janubiy Koreya va Yaponiyada futbol jadallik bilan rivojlanib ketdi. Aslida bu ikki mamlakat alohida-alohida JCH mezbonligini qo'lga kiritishni istagandi. FIFAning o'sha paytdagi prezidenti Joao Avelanj ikki davlatga birgalikda musobaqani o'tkazishni taklif qilgan. Garchand, har ikki davlat musobaqani birgalikda alo darajada o'tkazgan bo'lsa-da, FIFA JCHni boshqa ikki mamlakatda o'tkazmasligini malum qiladi.

199ta mamlakat JCHda qatnashish uchun ariza bergan musobaqada O'zbekiston ham bor edi. JCH-98dagi inqirozdan keyin O'FF suniy yo'l bilan terma jamoani kuchaytirishga harakat qildi. Terma jamoamizga asli ukrainalik bo'lgan mutaxassis Vladimir Salkov bosh murabbiy etib tayinlandi. U bilan birga Bolgariyadan Georgiy Georgiev va Aleksey Dionisiev va Rossiyadan Vladimir Maminov, Oleg Pashinin hamda darvozabon Aleksey Polyakov O'zbekiston milliy terma jamoasining sharafini himoya qila boshladilar. Avvaliga ishlar chakki emasdek edi. Birinchi bosqichda terma jamoamiz 14 ochko ishlaydi.





Ikkinchi bosqich arafasida MTJ talabiga javob bermagan bolgarlar bilan xayrlashiladi. Aleksey Polyakov esa ko'plab o'yinlarda MTJ sharafini himoya qiladi, ammo MTJ orqali "Lokomotiv"da nom qozonib olgan Maminov va Pashini O'zbekiston terma jamoasining o'yinlariga endi jiddiy yondoshmay qo'ygan edilar.

Ikkinchi bosqichning dastlabki o'yini terma jamoamiz uchun sharmandalik hisob bilan yakuniga etdi. Abu Dabida O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAga 4:1 hisobda imkoniyatni boy beradi. BAA biz uchun bugungi kundagi emas, azaldan noqulay raqib bo'lganini shu natija ham ko'rsatib turibdi. Safarda O'zbekiston terma jamoasi bironta g'alabaga erisha olmaydi. Ayniqsa, Ummon terma jamoasiga uchralgan mag'lubiyat hammasidan oshib tushadi. Kecha mag'lub bo'lgan Ummonga, biz 2001 yil ham g'arq bo'lgan edik. 2:0 hisobida g'alaba qozonib turgan terma jamoamiz yakunda o'z darvozasidan 4ta to'p olib chiqadi.

Ummon - O'zbekiston - 4:2 (0:2)
Gollar:
Al-Muxayni (50, 83), Bashir Fauzi (52), Al-Maruki (89) - Fevzi Davletov (5), Ashur Ramazon Nabil (o'z darvozasiga, 27).
O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Baxtiyor Ashurmatov, Mirjalol Qosimov, Sergey Lushan, Andrey Vlasichev (Bahodir Annamatov, 60), Jafar Irismetov, Davron Fayziev (Asror Aliqulov, 52), Aleksandr Xvostunov, Maksim SHackix (Andrey Akopyanc 46); Fevzi Davletov, Nikolay SHirshov.

SHu o'yindan keyin Salkovga chiqish eshiklari ko'rsatiladi. Guruhdagi so'nggi o'yin arafasida Leonid Ostroushko terma jamoamizga keladi. Allaqachon JCH yo'llanmasini naqd qilib bo'lgan Xitoy so'nggi turda "Paxtakor" Markaziy stadioniga tashrif buyurishi kerak edi. O'zbekiston hech yo'g'i pley-off bosqichiga chiqishi uchun Ummon safarda BAAni, terma jamoamiz esa Xitoyni mag'lub etishi kerak edi. O'sha o'yin kechagidek yodimda. SHirshov 90-daqiqada olis masofadan Fu Bin darvozasini ishg'ol qiladi. Bu paytda internet rivojlanmagan, hamma BAA - Ummon o'yinidagi natijani kutar di. Biroz o'tib natija malum bo'ldi, 2:2. SHu tariqa O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH yo'lidagi navbatdagi urinishi ham bekor ketdi.

Bu jahon chempionatida haqiqiy yon bosishni ko'rdik. Bu o'yinlar keyingi bosqichga to'g'ri keladi, Yaponiyaning o'z kuchi bor edi, yani o'yin jihatdan. Yaponiyaga qura omadli kelgan edi, Koreyaga esa yo'q. Natijada Koreyaga hakamlar ancha yordam berib yubordilar. Turnir esa katta sensaciya bilan boshlandi. Amaldagi jahon chempioni Franciya Seulda bo'lib o'tgan ochilish o'yinida Senegal terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Turnirga jarohati bilan kelgan Zidan dastlabki ikki turda maydonga tusha olmaydi. Senegal esa Bryuno Metsyu boshchiligida sermazmun o'yin ko'rsatadi, 1:0. Keyingi o'yinda Franciya Urugvay bilan golsiz durang qayd etadi, so'nggi turda esa Daniyaga imkoniyatni boy beradi. SHu tariqa uchranglilar chempionatda birorta ham gol urmasdan musobaqani tark etadilar.

Ispaniya va Braziliya guruhda 100% natijani ko'rsatadi. Batistutaga ega Argentina esa Franciya ketidan uyga ketadi. Guruhdan SHveciya va Angliya terma jamoasi keyingi bosqichga yo'l oladi. Eng kutilmagan natija "D" guruhida qayd etiladi. U paytda endi katta futbolga qadam tashlayotgan koreyslar Polsha va Figu boshchiligidagi Portugaliyani mag'lubiyatga uchratib, AQSH bilan durang o'ynaydilar. Guruhda birinchi o'rinni naqd qilgan koreyslar, Italiyani qaqshatib chorak finalga yo'l oladilar. Guruhdagi yana bir qiziq o'yin Germaniya - Saudiya Arabistoni uchrashuvida qayd etilgan, 8:0.

Janubiy Koreya - Italiya terma jamoalari o'rtasidagi bahsni ekvadorlik Bayron Moreno boshqaradi. 6-daqiqadayoq yo'q joydan penalti o'ylab topgan hakamning uchrashuvdagi niyati malum edi. Buffon An CHjun Xvanning zarbasini qaytaradi. Bunga javoban Veri 18-daqiqada terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqadi. SHundan keyin hamma qarorlar Italiya terma jamoasining zarariga ishlaydi. Italiya jami 5 marotaba o'yindan tashqari holatda qoladi. 88-daqiqada Seul Ki Xyun hisobni tenglashtiradi. Qo'shimcha daqiqada esa Damiano Tommazini o'yindan tashqari holatda deb topadi. Aslida bunday emasdi. 103-daqiqada esa Totti yo'q joydan qizil kartochkali bo'ladi. 117-daqiqaga kelib hakam gol uradi, aniqrog'i An Jun Xvan. Bundan g'azablangan italyanlar "Perudja" safida faoliyat olib borayotgan futbolchini "A" seriyadan chetlatadilar. Italiyaning etiroziga javob berishga majbur bo'lgan Zepp Blatter hakamga eng past bahoni qo'ydiradi. Ammo uni poraxo'rlikda ayblash noto'g'ri ekanligini takidlaydi. Uyiga qaytgan Moreno mahalliy, Liga de Kito - Barselona jamoalari o'rtasidagi bahsda yana bir bor katta sahnaga chiqadi. 3:2 hisobda imkoniyatni boy berayotgan mezbonlar foydasiga o'yinga 6 daqiqa vaqt qo'shib beradi. Ammo o'yin 13 daqiqa davom etadi. 99 va 101 – daqiqada gol urgan mezbonlar yakunda g'alaba qozonadilar. Uzoq muddatga diskvalifikaciya qilingan hakam, 2010 yil geroin savdosi bilan shug'ullangani uchun 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.

1/8 final
Germaniya – Paragvay 1:0
Ispaniya – Irlandiya 1:1 (pen. 3:2)
Meksika – SSHA 0:2
J. Koreya – Italiya 2:1 (q.d.)
Daniya – Angliya 0:3
SHveciya – Senegal 1:2 (q.d)
Braziliya – Belgiya 2:0
Yaponiya – Turkiya 0:1

Janubiy Koreya chorak finalda qolishni istamasdi. Bu bosqichning eng qiziq o'yini Angliya va Braziliya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan. Ro-Ro-Roning gullagan payti. Bular, Roberto Karlos, Ronaldo, Ronaldino va qo'shimchasiga Rivaldo.





Ouen Angliyani hisobda oldinga olib chiqadi. Bu o'yinni ham yaxshi eslayman, akam Angliyaga, men Braziliyaga ishqibozlik qilardim. Tanaffusga soniyalar qolganida Rivaldo hisobni tenglashtiradi. 50-daqiqada esa PSJ azosi bo'lgan Ronaldino terma jamoasini oldinga olib chiqadi. Bu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmaydi. Senegal esa musobaqani ko'taringki ruhda o'tkazayotgan Turkiyaga imkoniyatni boy beradi. Bu erda Koreyaning navbatdagi qurboni Ispaniya bo'ladi. Bu safar misrlik Al-Gandur katta sahnaga chiqadi. Ispanlarning ikkita toza goli inobatga olinmaydi. Ayniqsa, Morientes tomonidan kiritilgan gol shubhali tarzda yo'q qilingandi. Qanot hakami to'p Morientesga etib kelganida maydonni tark etgan degan fikrga kelgan bo'ladi. Aslida esa unday emasdi. Oradan 7 yil o'tib intervyu bergan Gamal Gandur, bu vaziyatda qanotdagi yordamchisi katta xatoga yo'l qo'yganini aytadi. Ispanlar murabbiyi Kamacho esa ularni pora olganlikda ayblaydi.

1/4 final
Germaniya – AQSH 1:0
Ispaniya – J. Koreya 0:0 (pen. 3:5)
Angliya – Braziliya 1:2
Senegal – Turkiya 0:1 (q.d)

Ballakning yagona goli evaziga Germaniya osiyoliklarni mag'lubiyatga uchratadi. Agar shu o'yinda ham Janbuiy Koreya g'alaba qozonganida, evropaliklar ochiqchasiga FIFAga norozilik qilishi aniq edi. 1/2 final ko'proq Rivaldoning nayrangi bilan esda qoldi. Hakan Unsal burchak zarbasini amalga oshirish uchun chog'langan Rivaldo tomon to'pni tepadi. To'p Rivadoning tizzasiga tegadi, ammo futbolchi kutilmaganda yuzini ushlab dod-voy solib yiqiladi. Qanot hakamiga yaqin joyda bo'lgan vaziyat uchun bosh hakam Kim Yun CHji qaror chiqaradi. Unsal maydondan chetlatiladi. Bir vaziyatda Ilhan Mansiz to'pni orqasidan sakratib bo'yi ancha past bo'lgan Roberto Karlosni ustidan olib o'tadi. Bu vaziyatga chiday olmagan "Real" himoyachisi Mansizni qo'pollik bilan yiqitadi. Xullas Braziliya final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.





1/2 final

Germaniya – J. Koreya 1:0
Braziliya – Turkiya 1:0

3-o'rin uchun
J. Koreya – Turkiya 2:3

Finalga qadar Ronaldo va Kloze hisobida 6tadan to'p bor edi. Finalga qadar uzoq yo'lni bosgan ikki terma jamoa o'rtasidagi o'yin ancha qiziqarli kechgandi. Agar Germaniya g'olib bo'lsa, kubokni butunlay o'zi bilan olib ketardi. Braziliya yutsa pentakampeon degan nomni oladi. Birinchi bo'limda tomonlar gol ura olmadilar. Kan darvozasini yaxshi qo'riqlayotgan edi. Ammo ikkinchi bo'limda katta sahnaga Ronaldo chiqadi. Rivaldodan pas qabul qilib olgan hujuumchi Kanning oyoqlari orasidan darvoza to'rini nishonga oladi. Finalga o'zgacha soch turmagi bilan tushgan fenomen 79-daqiqada o'z dublini rasmiylashtiradi.

Final
Braziliya – Germaniya 2:0
Gollar:
Ronaldo, 67, 79
Braziliya: Markos, Kafu, Lusio, Roke Junior, Edmilson, Roberto Karlos, Jilberto Silva, Kleberson, Ronaldino (Junino, 85), Rivaldo, Ronaldo (Denilson, 90)
Germaniya: Kan, Linke, Ramelov, Metcelder, Frings, Yeremis (Asamoa, 77), Xamann, SHnayder, Bode (Cige, 84), Noyvill, Kloze (Birxoff, 74).


To'purarlar: Ronaldo (Braziliya) – 8, Miroslav Kloze (Germaniya), Rivaldo (Braziliya) – po 5, Yon-Dal Tomasson (Daniya), Kristian Vieri (Italiya) – po 4.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика