JCHga 3 kun qoldi. Franciya - 1998
09 iyu 2014 16:40
Yangiliklar
JCHga 3 kun qoldi. Franciya - 1998
1998 yilgi mundial ikkinchi bor Franciyada o'tkazildi. Ovoz berish jarayonida Franciya 12, Marokash 7 ovozga ega bo'ldi.
SHu tariqa mushketyorlar vatani jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Unda Zayniddin Zidan o'z mahoratini terma jamoa darajasida ham butun jahonga namoyish etdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda birinchi marta JCH saralashida ishtirok etdi. Ilk uchrashuvni 1997 yil 9 may kuni Yamanga qarshi safarda o'tkazgan. No'mon Hasanovning penaltidan kiritgan to'pi jamoamizga g'alaba keltirgan.
Dastlabki bosqichda Yaman, Indoneziya va Kambodjaga qarshi 6 o'yinda 16 ochko to'plangan. Terma jamoaga Rustam Mirsodiqov boshchilik qilgan. Ikkinchi bosqichda Yaponiya, Janubiy Koreya, Qozog'iston va BAA bilan guruhdan o'rin olganmiz. Ajoyib taqvim tufayli dastlabki 3 o'yinni safarda yapon, koreys va qozoqlarga qarshi o'tkazib, 1 ochko to'plaganmiz.
Toshkentda BAA bilan hal qiluvchi bellashuvda 2:3 hisobi qayd etilgan. Qosimovning penaltidan ura olmagani, Maqsudovning qizil kartochka olishi, Bozorovning raqib darvozabonidan sovg'a olishi – bular ko'pchilikning yodida qolgan. Toshkentda Koreyadan 1:5 hisobida uchralgan mag'lubiyat hammasidan oshib tushgan. Etakchilarning tiz cho'kib o'tirib qolgan surati “O'zbekiston futboli” gazetasida chop etilganini yaxshi eslayman. Ular muxlislar ko'ziga qaray olmasdi...
Oxirgi ikki bahsda Vega da Silva ustozligida Qozog'iston (4:0) va BAA (0:0) bilan o'yinlar ishqibozlarga avvalgi alamli natijalarni unutishga yordam bergan.
Mundial final bosqichiga Xorvatiya, Yaponiya, Yamayka va JAR ilk bor yo'l olgan. Bular orasida Yamayka o'sha payt mashhurlikka erishgan. “Argentina – Yamayka 5:0” qo'shig'i orqali. Maydonda esa xorvatlar javlon urishgan.
Guruh bosqichida Ispaniyadan qolib ketgani kutilmagan hol bo'lgan. Eron va AQSHning bir guruhdan o'rin olib, o'zaro o'ynagani esa butun dunyo etiborini tortgan. Bellashuvdan avval futbolchilar esdalik uchun birgalikda suratga tushib, sport siyosatdan xoli ekanligini ko'rsatib qo'yishgandi.
Tarixiy uchrashuvda forslar 2:1 hisobida zafar quchishgan.
Nimchorak finalda bir qator keskin to'qnashuvlar bo'lib o'tgan. Italiya Norvegiyani Verining goli evaziga mag'lub etgan bo'lsa, Braziliya CHilini osonlikcha 4:1 hisobida dog'da qoldirgan. Germaniya Meksikani, Gollandiya Yugoslaviyani o'yin oxiridagi gollar evaziga mag'lubiyatga uchratgan. Daniya Nigeriyani yanchib tashlagan – 4:1. Mezbonlar francuzlar Paragvay darvozasiga 114-daqiqada yo'l topa olishgan. Loran Blan yagona gol muallifiga aylangan. Xorvatiya Ruminiyani SHukerning penaltidan urgan goli hisobiga enggan.
Argentina – Angliya uchrashuvi chempionat bezagiga aylangan. Batistuta va Zanettining gollariga SHirer va Ouen javob qaytargan. Mayklning goli juda chiroyli chiqqani tufayli uni Maradonaning 1986 yildagi goliga qiyoslashgan. Bekxem Simeonening ayyorligi tufayli maydondan chetlatilgan. Kamiga Kempbell kiritgan to'p inobatga olinmagan. Penaltilar seriyasida omad argentinaliklarga kulib boqqan.
Nimchorak final
Italiya – Norvegiya – 1:0
Braziliya – CHili – 4:1
Franciya – Paragvay – 1:0
Nigeriya – Daniya – 1:4
Germaniya – Meksika – 2:1
Gollandiya – Yugoslaviya – 2:1
Xorvatiya – Ruminiya – 1:0
Argentina –Angliya – 2:2 (penaltilardan 4:3)
CHorak finalda mezbonlar Italiya bilan kuch sinashgan. Italyanlar o'yin mobaynida Zidanning harakatlariga qarshi chora topishgan. “Skuadro Adzurra”ning o'zi bazi vaziyatlarni qo'ldan boy bergan. Ish penaltilar seriyasigacha etib borgan. Unda Albertini va Di Byadjoning xatolari tufayli Franciya g'alaba qozongan. Braziliya esa Daniyani qiyinchilik bilan 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. Gollandiya – Argentina o'yini Berxkampning asosiy vaqt tugashiga sanoqli soniyalar qolganda Ayyalani aldab o'tib urgan supergoli tufayli alohida etirofga arziydi. CHempionat kashfiyoti bo'lgan xorvatlar Germaniyani qarshi hujumlarda ushlashgan – 3:0.
CHorak final
Italiya – Franciya – 0:0 (penaltilardan 3:4)
Braziliya – Daniya – 3:2
Gollandiya – Argentina – 2:1
Germaniya – Xorvatiya – 0:3
Yarim finaldagi o'yinlar juda qiziqarli kechgan. Braziliya – Gollandiya bahsida Ronaldoning goliga Klyuyvert asosiy vaqt oxirida javob qaytargan. Gollandlar pley-offda so'nggi daqiqalarda gol urishni uddalashgan. Lekin penaltilar seriyasida Koku va Ronald De Bur xatoga yo'l qo'ygan. Braziliya ketma-ket 2-bor finalda!
Ikkinchi yarim finalda Franciya Xorvatiyani zo'rg'a enggan. SHukerning goliga himoyachi Tyuram 2 bor javob bergan. Tasavvur qiling, Lilian terma jamoada 142 uchrashuvda 2 to'p kiritgan! Uni ham JCHning yarim finalida. Bahs oxirida Blan qizil kartochka olgan, lekin francuzlar bir amallab yutuqni saqlab qolishgan. Mezbonlar ham finalda!
Yarim final
Braziliya – Gollandiya – 1:1 (penaltilardan 4:2)
Franciya – Xorvatiya – 2:1
Uchinchi o'rin uchun bellashuvda Xorvatiya gollandlarni 2:1 hisobida mag'lub etgan.
3-o'rin uchun bahs
Gollandiya – Xorvatiya – 1:2
Final
Finalda mezbonlar Braziliya termasiga qarshi uchrashuvni juda yaxshi boshlashgan. Ronaldoda sog'lig'i bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgani tufayli u o'yinni faol o'tkaza olmagan. Qolaversa, Bartez bilan to'qnashuvda jiddiy lat egan. Franciya tarkibida Zidan o'zini ko'rsatgan. U ikki bor burchak zarbasidan keyin boshi bilan Taffarelni dog'da qoldirgan. Braziliyaning ikkinchi bo'limdagi urinishlari hech qanday foyda bermagan. Desayi chetlatilgach, to'liq himoyaga yotib olgan francuzlar oxirgi soniyalarda qarshi hujumdan keyin Petining golini va jahon chempionligini nishonlashga tushishgan. Francuz millatiga mansub futbolchilar soni juda kam bo'lishiga qaramay, Emi Jake ajoyib jamoa tuzishni uddalay olgan. Franciya – jahon chempioni! Platini avlodi eplolmagan ishni Zidan etakchiligidagi jamoa bajargan.
BRAZILIYA – FRANCIYA – 0:3 (0:2)
Sen-Deni. “Stad de Frans” stadioni. 75000 tomoshabin.
Bosh hakam: Said Belkola (Marokash).
Braziliya: Klaudio Taffarel, Kafu, Aldair, Junior Bayano, Roberto Karlos, Sezar Sampayo (Edmundo, 73), Dunga, Rivaldo, Leonardo (Denilson, 46), Bebeto, Ronaldo.
Bosh murabbiy: Mario Zagallo.
Franciya: Faben Bartez, Lilian Tyuram, Marsel Desayi, Frank Lebyof, Biksant Lizarazyu, Dide Desham, Emmanuel Peti, Kristian Karambyo (Alen Bogossyan, 57), Zinedin Zidan, Yuriy Jorkaeff (Patrik Vieyra, 74), Stefan Givarsh (Kristof Dyugarri, 66).
Bosh murabbiy: Eme Jake.
Gollar: Zidan 27, 45+1, Peti 90+3.
CHetlatish: Desayi, 68.
To'purar
Davor SHuker (Xorvatiya) – 6 gol
Behzod Nazarov tayyorladi.

Fikrlar